Asosiy mavzular
13 january 2017

Xokimga ëqsang portalga ishga kirasan

Karimov o‘limidan so‘ng keng urf bo‘lgan Virtiual qabulxona ortidan, har bir tumanda Xalq qabulxonalari tashkil etila boshlandi.

Xalq qabulxonasida ishlashga talabgorlardan birining Eltuzga bildirishicha, ayni mansabga nomzodlar oldin viloyat hokimi Sh.G‘aniev suhbatidan o‘tishi kerak.

Unga ko‘ra, birgina Beshariq tumanidan hokimga 19 kishining ob'ektivkasi taqdim qilingan.

Keyin ulardan viloyat hokimi bilan suhbatga uch kishini tanlangan.

«Uch kishi ertasi kuni yana viloyat hokimligiga suhbatga bordik. Ammo bizni sovuq xonaga kiritib qo‘yishdi. O‘sha yerda selektor majlisi tugashini kutib tungi 11,30 gacha o‘tirdik. Ammo hokim bizni o‘sha kuni suhbatga chaqirmadi. Ovora bo‘lganimiz qoldi», deydi Eltuz manbasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokim ikki kun avval umumiy yig‘ilish o‘tkazgan.

O‘sha yig‘ilishda bu qabulxona shaxsan Prezident tashabbusi bilan ochilayotgani, qabulxonaning xodimi Prezident apparati xodimi hisoblanishini aytgan.

«Hatto oylik ham yuqori to‘lanarmish», – dedi boshqa bir manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuning uchun talabgorlar ham ko‘paymoqda. Ba'zilar “chiqimi” bo‘lsa ko‘tarishini ham aytmoqda.

«Nomzodlar bu ishni “yog‘liqqina” deb o‘ylashyapti», – deya so‘zlarini davom ettirdi Eltuz.com bilan suhbatlashgan nomzodlarning biri.

Nomzodlarning aytishicha, hokim bilan shaxsan suhbatga ularni hokimlik tashkiliy ishlar bo‘limi rahbari tayyorlamoqda.

O‘zbek faoli Umida Niyozovaning fikricha:

«Aholi shikoyatlari uchun yana bir byurokratik idoraning yaratilishi mantiqsizlikdir. Mirziyoev virtual qabulxonasiga minglab shikoyatlarning yog‘ilishi turli idoralarning odamlar muammolarini hal qilishdan ojizligini ko‘rsatdi.

Prokuratura, soliq nazorati, sud va boshqa idoralar odamlarga yordam berish uchun emas, shaxsiy boylik orttirish uchungina ishlaydi. Yana bir shunday tizilmaning yaratilishi byudjet ustiga qo‘shimcha moliyaviy yuk bo‘lib qo‘shiladi va jami davlat apparati ishini o‘zgartirmay turib yetilgan muammolarni yechishga qodir emas»

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 june 2016
23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti ...
23 march 2016
Sudga olib kelingan Aramais Avakyan va uning 3 nafar sherigi kutilmagan bayonotlar bilan chiqishdi. Aramais Avakyan: «Men qo‘poruvchi emasman! ...
20 june 2017
15 iyun kungi selektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoev qo‘sh xotinlik muammosini tilga oldi. «ZAGS hujjati bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qigan har ...
10 may 2017
Toshkent. 2017 yilning 9 mayi. Ko‘cha to‘la qizil bayroqlar. Odamlar o‘roq va bolg‘ali sovet bayroqlarini ko‘tarib olgan. Bir o‘ris ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...