Asosiy mavzular
22 march 2017

Terrorchi Masharipov bekingan uydan o‘zbeklardan talangan dollar chiqdi

Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning ëzida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning talanishi bilan bog‘liq ikki jinoyat ishi birlashtirildi.

Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan Abduqodir Masharipov

Turk matbuotiga ko‘ra, o‘tgan yilning 23 iyun kuni Istanbulning Yenibosna mavzeida O‘zbekiston vatandoshidan qaroqchilik yo‘li bilan tortib olingan 1 million 900 ming dollar pulning bir qismi Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan Abduqodir Masharipov berkingan uydan topilgan.

O‘tgan yili qaroqchilar hujumiga uchrab pulini oldirgan O.Ye. ismli o‘zbek vatandoshinimng politsiyaga shikoyatida o‘g‘irlatgan dollarlarning seriya nomerlari va boshqa tafsilotlarni aytgani jinoyatni topishda ip uchi bo‘lgan.

Turkiyadagi nufuzli Hurriyat gazetasi 1 million 900 ming dollar pulning hammasi Masharipov berkingan uydan chiqqanligini ëzadi.

Bundan oldin boshqa nashrlar Masharipov berkingan uydan bir yuz to‘qson yetti ming dollar atrofida pul chiqqanligini ëzishgan edi.

Bu jihatga mahkama oydinlik kiritishi kutilmoqda.

Mahkamadan turk matbuotiga sizgan ma'lumotga ko‘ra, IShID jangarilari o‘zbekiston vatandoshining 1 million 900 ming so‘mini qurol o‘qtalib tortib olgan.

Kuppa kunduz kungi qaroqchilik

Istanbul-Toshkent reysi atrofida shubhali atmosfera hukm suradi

Eltuz nashri o‘tgan yili o‘zbek vatandoshining qaroqchilar hujumiga uchraganini Ota-Turk aeroportidagi o‘z manbalariga tayanib ëzgan edi.

Bu maqolada 2016 yilning 23 iyun kuni tushlik paytida Istanbulning Yenibosna mavzeida O‘zbekistonlik tadbirkor (balki mulozim) O.Ye. yo‘lto‘sar qaroqchilar hujumiga uchragani ëzilgan edi.

Maqolada aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi O. Ye. Toshkent-Istanbul uchog‘i vositasida O‘zbekistondan keltirilgan bir million to‘qqiz yuz ming naqd dollarni Otaturk aeroportidan olib o‘z mashinasida shahar tomonga yurgan.

Avtomobil Yenibosna (Yenibosna) mavzeiga yaqinlashganda qurollangan uch yo‘lto‘sar tarafidan kurshovga olinib to‘xtatilgan.

Oldin ta'qib so‘ngra talon

Talonchilar O‘zbekiston fuqarosini peshonasiga to‘pponcha tirab pul solingan sumkani tortib olib qochib ketishgan.

O‘g‘irlik atrofdagi xavfsizlik kameralari nigohiga tushdi. Videotasvirlarni taxlil qilgan turk politsiyasi talonchilar o‘zbek puldorini aeroportdan boshlab ta'qib qilgani va qulay payt kelgani hamon talonchilikka o‘tganini bildirdi.

Voqea yuzasidan boshlangan surishtiruv asnosida talonchilarning IShID mansublari ekani aniqlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 august 2018
«2000 yillarda, zonalarda xizmat qilayotgan melisa xodimlari ham arang ro‘zg‘or tebratishayotgani, buning oqibatida Karimov olib borayotgan siyosatga norozi ekanliklari ...
20 september 2017
Prezident Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida qatnashish uchun AQShga rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning Airbus A340-313 shaxsiy samolyotida bordi. ...
23 july 2024
Tutqunlikdagi 12 nafar bola Ukrainaga, o‘zbek asiri esa Rossiyaga qaytarildi, Falastinga reparatsiya to‘lovi belgilandi, Baxti Tashkentskiyning sheriklaridan biri o‘ldi ...
9 april 2019
Rasmiy Toshkent O‘zbekiston xalq harakati (O‘XH) lideri Muhammad Solihning qarindoshlari ortidan ta'qibni qaytadan boshladi. Xususan, 2019 yilning 7 aprel ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...