Asosiy mavzular
23 march 2017

Andijonda sabzavotlarning narxi ko‘tarildi

Keyingi kunlarda Andijon bozorlarida sabzavotlarning narxi ko‘tarilib ketdi.

Hammadan ko‘ra kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Chunki, aholining ko‘pchiligi sabzavotlar orasidan ko‘proq kartoshkani iste'mol qiladi. Hozir bozorlarda kartoshka avvalgidan ancha taqchil.

Eltuz muxbiri suhbatlashgan andijonlik haridorlar va sotuvchilar fikri turlicha.

Kimdir buni valyuta bozorida AQSh dollarining kursi balandlagani bilan izohlasa, yana kimdir bu sabzavotlarning zahirasi kamayganini aytmoqda.

Cotuvchilardan narxni oshirmaslikni talab qilishmoqda

Sotuvchilarning aytishicha, komissiya kelib kartoshka narxini 2 ming so‘mdan oshirmaslikka majburlamoqda.

Shu sabab, ko‘pchilik sotuvchilar kartoshkani sotishdan ko‘ra sotmaslikni afzal ko‘rishmoqda.

“Eski shahar” dehqon bozori hududida savdo qiluvchi sotuvchilardan biri kartoshka-piyozni oziq-ovqat zahira uyushmasidan ulgurji narxda olishini aytadi.

«Bizga kelguncha kartoshka uchta qo‘ldan o‘tadi. O‘zi bazadan qimmat narxda olgan bo‘lsak, qanday qilib uni zarariga sotish mumkin. Biz xonavayron bo‘lamiz-ku bunaqada!» deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sabzavotni arzonlatish uchun uning bozordagi narxini emas, bazadagi narxini tushirish kerak.


Sabzavot narxining oshishiga dollar sababmi?

«Hozir xatto pistafurushlar ham dollar narxi oshib ketganini bahona qilyapti», – deydi “Eski shahar” dehqon bozoriga savdo qilish uchun kelgan fuqarolardan biri.

Uning fikricha, maxalliy mahsulotlar narxiga dollar oshishining dahli bo‘lmasligi kerak.

Dollar oshganidan beri oziq-ovqat narxi yana ko‘tarildi. Kartoshka o‘tgan yili serob bo‘lgandi, bu yil 4,5 ming so‘mga chiqdi. Piyoz – 3 ming – 3,5 ming so‘m. Bir bosh yangi karam 6 ming so‘m bo‘ldi.

So‘nggi xaftalarda AQSh dollarining qora bozordagi narxi ko‘tarilib, bir AQSh dollari 8 ming so‘mgacha chiqqandi.

Valyuta narxi oshishi bilan bozorlardagi narx-navo yana o‘ynay boshladi.

Bahorning kechikkani va zahiraning tugashi

Eltuz muxbiri suxbatlashgan dehqonlardan biri, sabzovot tanqisligini bahorning kechikkaniga yo‘yadi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili ko‘p sabzovotlarga qurt tushib, hosil cho‘g‘i kam bo‘lgan.

«Yangi kartoshka chiqishiga xali 2 oy bor. Ungacha odamlar kartoshka-piyozni qimmat narxda sotib olishiga to‘g‘ri keladi. Bozordagi kartoshkalar o‘tgan mavsumning oxirgi hosili bo‘lishi mumkin», deydi u.

Kartoshka konteyneri oldida turnaqator navbat

Navro‘z bayrami kunlari Andijon viloyat xokimi Sh.Abdurahmonov aholi bilan muloqot uchun Andijon shahridagi bir nechta maxallalarga bordi.

Odamlar hokim bilan uchrashuvda kartoshka-piyozning narxi ko‘tarilganidan shikoyat qilishgan.

Xokimlik vaziyatni to‘g‘rilash uchun maxsus ko‘chma do‘konlar tashkil etdi. Ayni kunlarda bu ko‘chma do‘konlarda kartoshka belgilangan narx, – 1800 so‘mdan sotilmoqda.

Konteyner oldida esa uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelgan. Kishi boshiga salkam 3 kg dan sotilayotgan kartoshka aholining bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirayotgani yo‘q.

Shu sabab erkin savdoda kartoshka-piyoz narxi qimmatligicha qolmoqda.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2016
Turkiyada o‘zbekistonlik er-xotin turkiyalik taniqli yahudiy tadbirkor Jak Karako va uning rafiqasi Jorjiya Karakoni o‘ldirganlikda ayblanib, 2014 yili hibsga ...
4 october 2020
Joriy yilning 2 oktyabrida Turkiyada o‘zbekistonlik 25 yoshli Shahnoza Yo‘ldosheva ikkita qoyani birlashtirgan simli osma ko‘prikdan (funikuler) yiqilib o‘ldi. ...
12 june 2023
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni deya belgilangan bu sana har yili 12 iyunda nishonlanadi. ...
14 april 2022
2022 yil 1 aprel kuni Qarshi shahar hokimi Xolboev Normo‘min Yaxshievich IIB xodimlari tomonidan hibsga olinib, jinoiy ish ochildi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...