Asosiy mavzular
4 april 2017

Farg‘onadagi Yangiqo‘rg‘on bozori yonib kul bo‘ldi

4 aprelga o‘tar kechasi tunda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumaniga qarashli Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi Markaziy dehqon bozorida yong‘in chiqdi.

Voqea guvohlarining aytishicha, yong‘in tunda sodir bo‘lganligi uchun qurbonlar yo‘q.

Buvayda tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas'ulining aytishicha, yong‘in elektr energiyasidagi qisqa tutashuv sababli kelib chiqqan.

Biroq yong‘in atay uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli ham aytilmoqda.

2017 yilning 27 martida prezidentning 2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori chiqqan edi.

Eltuz muxbirining ayrim suhbatdoshlari bozorni ayni qurilish dasturiga kiritish rejasi ortidan shu ish ataydan qilinganligi haqidagi farazni aytishmoqda.

Yong‘indan ko‘rilgan zararning aniq miqdori hozircha noma'lum, biroq, shu soatgacha, 38 nafar tadbirkorning xonavayron bo‘lgani, ya'ni ularning patentlari bekor qilingani rasman bildirilgan.

«Bozorda hech narsa qolmagan, tuni bilan yongan» deydi voqea joyini borib ko‘rgan ayol Eltuzning mobil muxbiriga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 october 2018
Prezident Mirziyoev 29 oktyabr kungi farmoyishi bilan bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzaevni g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish ...
14 march 2024
MIB Zangiota tumani bo‘limi tomonidan 98,4 mln so‘mlik 435 ta ijro hujjatlari tegishli qonunlarga zid ravishda tugatilib, «MIB portali» ...
6 july 2016
O‘tgan hafta AQSh Davlat departamentinning trafiking bo‘yicha yangi hisobotida yangi reytingida O‘zbekiston paxtachilikdagi majburiy mehnat bois eng past darajaga ...
8 june 2021
Imtiyozli kredit ajratilishiga yordam so‘rab, 2 iyun kuni Koson tumani hokimligiga borgan ikkinchi guruh nogironi, 35 yoshli Dilshod Otaev ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...