Catira
7 april 2017

Qo‘shnisi zo‘rlagan xivalik maktab o‘quvchisi o‘g‘il tug‘di

Xiva tumani Saët qishlog‘idagi 31-maktabning 15 yashar o‘quvchisi M.T 5 aprel kuni Xiva tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il tug‘di.

Muhayyo tahsil olayotgan maktab o‘qituvchilaridan biri bu haqda Eltuz muxbiriga habar berdi.

Unga ko‘ra, Xiva tuman xalq ta'limi boshqarmasi mulozimlari bu gap ovoza bo‘lmasligini maktab ma'muriyatiga tayinlashgan.

Muallimning yana aytishicha, maktab o‘quvchisi M.T o‘tgan yili 37 yashar qo‘shnisi tarafidan zo‘rlab qo‘yilgan va buni maktab ma'muriyati, hamda Saët qishloq fuqarolar yig‘ini rahbarlari bekitib kelishgan.

Maktab muallimining aytishicha, o‘quvchi qiz tug‘ruqxonada ko‘zi ërigan paytda Xiva va Xonqa tumani IIB xodimlari va boshqa mulozimlar hozir bo‘lishgan:

“Xiva tuman hokimi o‘rinbosari Malika opa Ismoyilovaning o‘zi nazorat qildi. Qizga dalda berib turdi.

Qizning onasi Sadoqat Ismoyilova ham tug‘ruqxonaga keldi, lekin uning o‘gay otasi Farhod Abdrimov ko‘rinmadi” deydi 31 maktab o‘qituvchilaridan biri.

Maktab o‘quvchisi zo‘rlangani yashirilganmidi?

Ozodlik radiosining ëzishicha, Saët qishlog‘idagi 31 maktab direktori Rustam Xo‘jaev va shu qishloq vrachi Sharofat Madrimova o‘quvchi qizning xomilador bo‘lganini yashirgani uchun ishdan olingan.

Ayni maqolada ëzilishicha, maktab o‘quvchisi Xonqa tumanidagi buvisinikiga ketaëtgan paytda zo‘rlangani uchun Xonqa tuman IIB da O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (“zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish”) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Maqola davomida xomilador bo‘lganidan dahshatga tushgan o‘quvchi qiz bir necha marotaba o‘zini osishga uringani ham aytiladi.

O‘quvchining zo‘rlanishi yagona voqea emas

Asli xivalik va shu kunlarda Rossiyada Bibish taxallusidagi kitoblar muallifi Xojarbibi Siddiqova “Xivalik raqqosa dil izxori” degan avtobiografik kitobida o‘zining 8 ëshida zo‘rlanganini ëzadi.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarinng zo‘rlanishi bo‘yicha ixtiërimizda faqat bitta mulozimning e'tirofi mavjud.

O‘zbekiston Ma'naviyat-targ‘ibot markazi 2015 yilgi tadbirda ayni tashkolot rahbari Qahramon Quronboev akasi ëki otasi zo‘rlagan ësh qizchalarning tug‘ib qo‘ygani haqida aniq raqamlarni keltirgan edi:

«2013 yilgi ma'lumotni aytaman. 13 ëshli 200 dan oshiq qizimiz tug‘ib qo‘ydi. 13 ëshida 200 tadan oshiq o‘zbekistonlik qiz tug‘di! Bu qizlarning aksariyatining ë otasi ketgan, ë onasi ketgan ëki ota-onasi ketgan, bola bu yerda sarson.

Mana yaqinda eshitgan bo‘lsanglar, Xorazmda 12 yashar qiz o‘zining akasidan tug‘di. Toshkent shahrida o‘tgan yili bo‘lgan voqea – Yunusobodda ikkita 13 yashar qizimiz o‘zini otasidan tug‘di. Mana endi savol tug‘iladi – ma'naviyat kerakmi ë kerak emasmi?» deya ta'kidlagan edi Respublika Ma'naviyat-targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboev.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 19-maktab internetining uch nafar o‘quvchisi — Xosiyat Egamberdieva, Gulshoda Xolmonova va Madina Jo‘raevalarning nomusi toptalgani, ular turli paytlarda zo‘rlangani yashirilayotgani haqida “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti ma'lumot tarqatgan edi.

“Ezgulik” ma'lumotiga ko‘ra, o‘quvchi qiz Xosiyat Egamberdieva maktab qorovuli Aktam Muhammadiev tomonidan bir necha marta zo‘rlangan va hatto bir marta tumani markaziy shifoxonasida abort ham qilingan.

Bu hodisadan qo‘rqqan Xosiyat Kitob tumani hududiga qochib ketgan va u noma'lum shaxslar tomonidan Muborak tumanidagi fohishaxonaga sotilgan. 3 oy davomida jinsiy ekspulatatsiyaga majbur qilingan aqli zaif bu qiz fohishaxona sohiblari javobgarlikka tortilgach, maktabga qaytarilgan.

2015 yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktablardan birida o‘qiydigan beshinchi sinf o‘quvchisini muqaddam sudlangan 36 yashar yigit zo‘rlagani haqida mahalliy nashrlar ma'lumot bergan edi. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, zo‘rlangandan so‘ng urib chalajon qilingan qizaloqning hayoti saqlab qolingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qashqadaryoning Qarshi, Koson, Samarqand viloyatining Qo‘shrabo ...
19 november 2015
Ijtimoiy tarmoqlar 17 noyabrga o‘tar kechasi Karimov «yurak o‘ynog‘idan o‘ldi» deb habar tarqatgani ortidan O‘zbekiston prezidenti Pokiston Islom Respublikasi ...
15 september 2015
Ushbu suxbatni e'tiboringizga xavola etishdan oldin xozirgi kunda jaxon xamjamiyatining e'tiborini tortayotgan xolat, «Uzbekistonda majburiy mexnat» va «paxta siyosati» ...
9 october 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...