Catira
17 may 2017

Shahrixonda ommaviy zaharlanish. Voqea guvohining sharhi

Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga ëtqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ko‘ra, seshanba kuni 182 kishi muzqaymoqdan zaharlanib klinikaga keltirilgan.

Eltuzga o‘z maqolasini yuborgan Nargiza Oripova tahallusi bilan maqolalar ëzadigan shahrixonlik blogger muzqaymoqdan zaharlanganlar soni kamida 550 nafar ekanini va ommaviy zaharlanish ikki kun mobaynida sodir bo‘lganligini aytadi.

Unga ko‘ra, o‘z vaqtida bartaraf qilinishi mumkin bo‘lgan intsident yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatchi vrach bo‘lmagani bois keng ko‘lam kasb qilgan.

Eltuz tahririyati shahrixonlik blogger maqolasiga rassom tuz karikaturasini ilova qilgan holda e'lon qiladi.

Shahrixondagi zaharlanish navbatchi shifokor yo‘qligi uchun ommaviy tus oldi

Shahrixon kabi bor yo‘g‘i 70 ming odam yashaydigan shaharchada nega 500 dan ziëd kishi muzqaymoqdan zaharlandi? Nega zaharlanish alomati ma'lum bo‘lgan ilk soatdaëq buning oldi olinmadi?

Bu savollarga oddiy shahrixonlik sifatida javob izlayman. Bu javobimni Shahrixon kasalxonasida o‘lim bilan olishaëtgan 550 bemor kutmoqda. Bemorlar orasida aëllar va norasida go‘daklar ancha.

Albatta birinchi aybdor bu aynigan muzqaymoq sotgan tujjor. U qaysi amaldor soyasida bo‘lsa ham javob berishi kerak.

Ikkinchi aybdor esa kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yib bergan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuxrat Aminjonov deb hisoblayman. Yaqinda Sog‘liqni saqlash vaziri tarafidan emas, balki mavjud qoidaga zid tarzda viloyat hokimi tarafidan tayinlangan Aminjonov tuman yuqumli kasalliklar bo‘limidagi navbatchi vrach shtatini qisqartirdi.

Mening fikrimcha, kasallik tarqalishiga asosiy sabablardan biri ham shu.

Chunki navbatchi shifokor bo‘lganida u birinchi bemor murojat qilishi bilanoq tezkor bildirish berib kasallik manbai bo‘lgan muzkaymok tarqalishini to‘xtatardi, lekin shifokor yo‘qligi sababli shanba kuni soat 15:00 dan dushanba kuni 8:00 gacha tumanda epidemiologik vaziyat umuman nazoratsiz kolib ketgan.

Agar shifokor bo‘lganda 6 ta yoki 10 bemor zaharlanardi holos.

Hozir esa deyarli 2 sutka kasallik nazoratsiz qolib juda ko‘p tarqalib ketdi. Ikki sutka davomida Shahrixonda zaharli muzqaymoq sotildi.
Ëng‘indan so‘ng, nasos falonimga kerakmi deydilarku. Hozir MChS kelganidan ko‘ra, kasallikning vaqtida oldini olgan ma'qul edi.

Shaxsan men Shuhrat Aminjonov voqeaga panja orasidan qarab Shahrixon xalqining salomatligini xatar ostiga qo‘ydi deb o‘ylayman.

Bundan tashqari statistik ma'lumotni kamaytirib ko‘rsatish maqsadida Shuhrat Aminjonov, shifoxonaga murojaat qilganlarni tezroq uyga ketkazinglar, deb topshiriq berdi.

Shu sabab bitta bemor qayta-qayta shifoxonaga kelaverdi va aksincha murojaatlar soni ko‘payib ketdi va xalq qiynaldi to‘liq davolana olmay.
Ba'zi mulozimlar aytganidek, muzqaymoqdan zaharlanganlar soni kamayaëtgani yo‘q.

Xozirgacha murojaatlar davom etmoqda. Viloyat markazidan kelgan shifokorlar shu yerda va toshkentlik mehmonlar ham shu yerda, tomoshabin bo‘lib o‘tirishibti hech narsa qilmay.

Bosh vrach Shuhrat Aminjonov bemorlarga qarash o‘rniga choyxonama-choyxona mehmondorchilikdan boshi chiqmayabti mehmon kuzatib.

Shu kunlarda vrachlarni tanqid qilish urf bo‘lgan. Ammo men shaxsan vrachlarni hurmat qilaman. Ammo Aminjonov kabi so‘nggi 15 yil ichida faqat tadbirkor bo‘lib ishlagan “shifokor”ga el salomatligini ishonish maymunning qo‘liga granata bergan kabi xatarli.

Nargiza Oripova
Shahrixonlik bloggerning tahallusi

Tag‘in o‘qing
14 march 2019
Juda g‘alati ishlar bo‘lyaptiki, na jim turib bo‘ladi va na gapirib. Ammo “qilingan ishdan pushaymon qilinmagan ishdan pushaymondan yaxshiroq”, ...
4 april 2021
Muhtaram o‘quvchi, siz bilan O‘zbekiston g‘arbining olis Drujba shahridagi qozonxona go‘laxi bo‘lgan Qo‘ylining Pokistondagi Peshavor shahrigacha bo‘lgan sargardonligini kuzatdik. Mana, ...
3 october 2019
Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matvienko bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasini o‘rganayotir. Matvienkoning aytishicha, ...
11 november 2025
Ahmad Beyjon Erjilasun Xa, yo‘l uzun edi, umidli manzil, hurriyat hali ham juda uzoqda edi. Moskvaning o‘laksaxo‘r qarg‘alari hali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...