Asosiy mavzular
18 may 2017

Tuxum uchun prezidentga minnatdorlik

O‘zbek matbuoti prezident Mirziyoevning tovuq va tuxum siyosatini ulug‘lashda davom etmoqda.

Hususan «Milliy tiklanish» gazetasi (17.05) Toshloqdagi dehqon xo‘jaligi rahbari bankdan berilgan imtiyozli kreditga 2500 tovuq olib, kuniga 1500 ta tuxum sotayotgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirgani haqida yozgan.

Maqolada prezidentning aholini tovuqboqar qilish tashabbusiga soya solayotgan holatlar ham tilga olingan.

Ma'lum bo‘lishicha, yozyovonlik Natalya opa Yunichkovaga «Agrobank»dan olinan 7,5 million so‘m kredit evaziga 230 ta tovuq olib berilgan. Ammo tovuqlar qari bo‘lib, na tuxum bergan, na go‘shtga yaragan.

Yunichkova bu tovuqlarni ikki oy boqqach, 30 tasi nobud bo‘lgandan keyin bankka borib tovuq sotgan firmani surishtirganida, bank xodimlari «mas'uliyatsizlik qilib, unga javob bermagani» haqida yozadi gazeta.

Faqat opa xalq qabulxonasiga murojaat etganidan keyingina tovuqlar ularni sotgan firmaga qaytarib berilgan, kredit ham o‘sha korxona tomonidan qoplangan.

Maqolada shuningdek, kollej bitiruvchisiga ham kreditga 50 ta tovuq berilgani, biroq ular tez orada nobud bo‘lgani aytiladi.

E'tiborlisi shundaki, maqolada xalq qabulxonalari hududlardagi rahbarlarning «el nazariga tushishiga, chinakam obro‘-e'tibor topishiga imkon bergani» ta'kidlanadi.

Gazeta shuningdek, «xalq dardi bilan yashash» bayrog‘ini baland ko‘targancha, prezidentning xalq qabulxonalari faoliyatiga oid kattagina maqola e'lon qilgan.

Maqola Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining asosiy maqsadi «el-yurt tashvishidan ogoh bo‘lib, chora-tadbir ko‘rish» ekanini ta'kidlar ekan, davlat rahbariga tashakkurnomalar bilan boshlanadi.

Xalq qabulxonasiga murojaat etgani ortidan buvisiga nogironlik aravachasi berilgan nabira, qariyb o‘n yil davomida qiziga guvohnoma ololmay yurib, uch kunda ishi bitgan ona, farzandining o‘qishi uchun shartnoma to‘lovini o‘tkazish borasida ishi bitmay yurgan vaqtda amaliy yordam olgan volidaning ham minnatdorlik so‘zlari keltirib o‘tilgan.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 may 2020
“Bi-Bi-Si” radiosi o‘zbek xizmati jurnalisti Muhammad Solihga: “Koronavirus pandemiyasi payti shunday chiqish qilishingiz o‘rinlimi? Buning mavridimi hozir?” qabilidagi savollar ...
30 march 2019
Toshkent aeroporti bojxonasida kitoblari va telefoni olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik shoir, xorazmlik 56 yoshli Mahmud Rajab 30 mart kuni unga ...
26 november 2025
Navoiy davlat universiteti San'at va sport fakultetining «Jismoniy madaniyat» kafedrasida o‘qituvchilardan 200 ming so‘mdan majburiy ravishda pul to‘planayotgani haqida ...
21 march 2020
Keyingi 6 oy davomida biz ularni urdik, kaltaklab mayib qildik. Bonusiga poraxo‘rsan, ta'magirsan, dedik. Mashina glushiteli teshilganida ustaga shartta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...