Asosiy mavzular
5 july 2017

O‘zbek fohishalari Istanbul politsiyasi o‘qidan yaralandi

Istanbulning Pendik tumanida o‘zbek fohishalari va politsiya o‘rtasida yuz bergan qochdi-quvdida ikki aël yaralandi. Hurriyat gazetasi muhbiri Muslim Sariërning ëzishicha, ikki o‘zbek aëli fohishalik qilaëtganda ushlanib mashinaga solinib tergov idorasiga olib kelingan. Foto: Kocaeli gazetasidan

Tergov idorasining oldidagi mashinaga bu ikki o‘zbek aëlning sheriklari hujum qilib, ularni qutqarib o‘z mashinasiga solib olib ketgan. Turk politsiyasi ularga qarata o‘t otgani oqibatida ikki o‘zbek aëli yaralangan.

Nima bo‘lgan edi?

Istanbul politsiyasi 30 yashar o‘zbekiston vatandoshlari M.A va D.A. ismli qizlarni o‘z tanini sotaëtganida ushlab Pendik Davlat Xastaxonasiga tibbiy nazorat uchun keltirgan.

Nazoratdan so‘ng politsiya ma'muri bu ikki o‘zbek aëlni tergov idorasiga olib kelgan. Hurriyat gazetasining ëzishicha, avtomobilni boshqaraëtgan politsiya ma'muri o‘zining ta'qib qilinaëtganligini sezgan. U mashinani to‘xtatgan zahoti mashina ichidagi o‘zbek aëllar chiqib qochishgan. Ular o‘zlarini kutib turgan avtomobilga o‘tirib voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan. Politsiya zobiti o‘zbek aëllari tushgan avtomobil ortidan o‘q uzgan.

O‘q tekkan o‘zbek fohishalarini kasalxonaga tashlab ketishgan

Pendik tuman tezkor politsiyasi fohishalarni olib qochgan avtomobil hususiy kasalxona oldida turganligini ko‘rishdi.

Kasalxona tekshirilganida u yerda o‘zbek fohishalari yaralangan holda tashlab ketilganligini ko‘rishdi.

Yaralangan tarzda kasalxonada ëtgan o‘zbek fohishalari politsiya nazoratiga olindi.

Bugunga kelib, o‘zbek fohishalarini qochirgan kishi ham qo‘lga olingan.

Turk politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Istanbuldagi reydlar chog‘ida o‘nlab o‘zbek fohishalari qo‘lga olinib O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 august 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
22 july 2025
2024 yil oxirida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidovning huquqiy asosdan xoli buyrug‘i natijasida davlat byudjetiga 2 milliard ...
16 december 2016
«Xalq bilan fikrlashgan odam kam bo‘lmaydi», deya mulohaza qildi «O‘zbekiston ovozi» gazetasi (13.12) saylangan prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yilni ...
12 september 2017
2017 yilgi paxta mavsumi keng miqyosdagi davlat muassasalari xodimlaridan «ko‘ngilli ravishda paxta terimida qatnashish» tilxatini yozdirib olish talabi bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...