Asosiy mavzular
20 september 2017

Guliston Davlat universiteti paxta terimiga jo‘nab ketdi

Sirdaryo viloyatidagi yagona Oliy o‘quv yurti Guliston Davlat Universiteti talaba va o‘qituvchilari 15 sentyabr kuni paxta terimiga jo‘nab ketishdi.

Gulistonlik talabalar o‘z guruh raxbarlari nazorati ostida dalalardagi vaqtinchalik yotoq joylarida qolib paxta terishmoqda.

«Eltuz»ga bu haqda xabar qilgan Universitet talabasiga ko‘ra, ular paxtaga ketish haqida ikki kun oldin ogohlantirilishgan va terimdan bir kun oldin darslardan ozod etilib, terimga tayyorlanishga ruhsat berilgan.

Ular o‘zlari bilan ko‘rpa-to‘shak, issiq kiyimlar, idish tovoqlar va boshqa yashash uchun zarur buyumlarni o‘zlari bilan olishgan.

«Barcha talabalarga paxta terish majburiy»

«Eltuz» muxbiri suhbatlashgan Universitet talabasi, terimga borish barcha talabalar uchun majburiy ekanini aytadi.

«Agar talabaning terimga bormaslikka ma'lum sabablari, masalan sog‘lig‘i yoki oilasi bilan bog‘liq sabablari bo‘lsa, fakultet dekanidan ruxsat olib, o‘rniga odam yollashi mumkin», deydi u.

Uning bildirishicha, bir oy paxta yotog‘ida qolib ishlash uchun odam yollash narhi – 1 million 200 ming so‘mgacha (100-150 $) bo‘ladi. Terim esa 40-50 kun davom etishi aytilmoqda.

Paxta vaqtida kamdan-kam talabalar sog‘lig‘i yaxshi emasligini isbotlovchi ma'lumot olishga muvaffaq bo‘ladi. Sababi shifoxonalarda ham terim sababli bunday ma'lumotnomalar berish imkoni cheklanadi.

«Sog‘lig‘im yomonligi bois shifoxonaga qatnab, paxta terimidan ozod bo‘lish uchun VKK olmoqchi bo‘ldim. Tekshiruvlar buni tasdiqlasada, menga ma'lumotnoma berishmadi. Paxta vaqti berilmas ekan», deydi bu haqda Universitetning 2-kurs talabasi.

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, tanish bilish orqali bunday ma'lumotnomani olish mumkin. Uning aytishicha, hatto VKK spravkasini sotib olish mumkin ekan, unga kursdoshlari bir talaba 500 ming so‘m a evaziga shunday ma'lumotnomani olganini aytishgan.

Talabalar safarbarligini tashkil etish, shu yilning iyunida sovet komsomoli andazasida tuzilgan yangi tashkilot «O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi»ga yuklatilgan.

O‘zbekiston-Germaniya Forumi Inson huquqlari tashkiloti tomonidan tayyorlangan ushbu videorolikda O‘zbekistonlik talabalarning paxta terimidagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 march 2022
O‘zbek migrantining Putinga murojaati telegramda elga ovoza bo‘ldi. «Zdarastvuyte, Putin Valadimirovich aka. Ya migrant O‘zbekistona. Dayte mne arujiya. Ya ...
23 december 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning birinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi.
1 january 2018
It yili sizga sadoqat, qo‘riqlangan qo‘rg‘on va juda ko‘p miqdorda zangori pullar keltirsin. Rassom Dumham Eltuz.com
30 december 2016
O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin ochiq sahnaga qaytgan Yulduz Usmonova, shuningdek uning qaytishi bilan katta sahnadan «sal chekkaga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...