Asosiy mavzular
28 september 2017

Toshturmada qolaëtgan ëzuvchi 159 da ayblandi

28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni sirtdan jinoyat kodeksining 159-moddasi (Konstitutsion tuzumga tajovuz) bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini bildirdi.

Toshxo‘jaevdan iqtibos keltirib, Gazeta.uz nashrining yozishicha, yozuvchiga 159 moddaning 1 qismi, 244-1 moddaning 3 qismi, «g» bandi yuzasidan tergov amaliyoti o‘tkazilgan, shuningdek sirtdan qamoqqa olish chorasi belgilangan va qidiruv e'lon qilingan.

Brifingda shuningdek Toshxo‘jaev, hozircha surishtiruv davom etayotgani, kerak bo‘lsa qo‘shimcha ekspertiza tayinlanishini. Agar sudlanuvchining aybi tasdiqlanmasa yoki uning harakati amnistiya aktiga tushadigan bo‘lsa qonunga ko‘ra qaror qabul qilinishini aytgan.

Ayblov o‘z tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, Nurillo Otaxonov 5 yildan 8 yilgacha qamalishi mumkin.

27 sentyabr kuni Turkiyadan Toshkentga kelgan 63 yashar yozuvchi qo‘liga kishan solinib, transport prokuraturasi talabi bilan Yashnaobod tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan edi, oradan ko‘p o‘tmay u Toshturmaga o‘tkazildi.

Nurilla Otaxonov Toshkentga qaytish arafasida «Eltuz» nashriga bergan intervyusida prezident Mirziyoevning va'dalaridan ruhlanib qaytishga chog‘langanini bildirgandi.

«Eltuz» nashri vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 october 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatni tashkil etishning asosiy ijrochilari kuchishlatar tuzilmalar, ya'ni asosiy faoliyati qonunni himoya qilish bo‘lgan idoralardir. Bu idoralarni ...
28 july 2025
26 iyul kuni Buxoroda soliq inspektori 400 AQSh dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.  U tezkor tadbir davomida DXX ...
1 january 2018
Joriy prezident Mirziëev 22 dekabrdagi nutqida, o‘tgan 25 yil qaytib kelmasin, deya fe'lan Karimov merosini axlatga uloqtirdi. Ijtimoiy tarmoqning ...
14 december 2015
Malohat Eshonqulova Eltuz.com Ular “Do‘stlik” tuman sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari edi. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay ular, erta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...