Asosiy mavzular
24 october 2017

Farg‘onada paxta terimiga “odam solig‘i” avj pallasiga chiqdi

Farg‘ona viloyatidan safarbar etilgan 15 mingga yaqin aholi bugungi kunda Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta terayotganiga qaramay, yana 10 mingga yaqin kishilar navbatma navbat Toshkent viloyati paxtazorlariga yuborilmoqda.

Voqealarni kuzatayotgan «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, viloyatda avvalgi terimchilarning ko‘p qismi erkak terimchilar bo‘lishi talab etilgan bo‘lsa, bu safar unday talab qo‘yilmadi.

Tuman mulozimlaridan biri, sovuq tushib qolgani uchun terimchi topa olmay ancha qiynalib qolganini bildiradi.

«Har bir tuman Toshkent viloyatiga 2000 mingta terimchi berishi kerak. Avval odamlar 500 ming so‘m uchun paxtaga ketishga rozi bo‘lishgan edi. Ular har kuni telefon orqali yaqinlari bilan bog‘lanib, u yerdagi shart-sharoitni yomonligidan shikoyat qilishgan va bu gaplarni odamlar eshitgan», dedi u «Eltuz» muxbiriga.

U shuningdek Sirdaryoda odamlar taxta pol ustida uxlashgani, Qoraqalpog‘da esa ahvol undan ham badtar ekanligini bildiradi.

«Ovqatlari ham shunga yarasha. Shuning uchun biz tumandagi har bir tashkilotga tashkilotning xodimlarining soniga qarab norma belgiladik. Masalan, 10 nafar xodim ishlaydigan korxona yoki tashkilot albatta 4 nafar terimchi topishi kerak» deydi u.

Tuman statistika bo‘limida ishlovchi xodim odam yollashga ulardan tag‘in pul yig‘ib olinganini aytadi.

«Oyligim 800 ming so‘mga yetmaydi. Ammo o‘tgan safar Sirdaryoga bitta odam uchun 500 ming so‘m, bu safar esa yana 500 ming so‘m yig‘ildi. Biz to‘rtta odam topishimiz kerak. Demak 2 mln. so‘mni hamkasblarim bilan birga o‘z cho‘ntagimizdan to‘laymiz» deydi u.

U shuningdek, boshlig‘i «agar pul berishni istamasangizlar o‘zlaring borib paxta teringlar, bo‘lmasa ishdan bo‘shash haqida ariza yozinglar» deganini bildiradi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 may 2024
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Children – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
12 december 2016
Samarqandda kelasi yili uch yo‘nalishda shahar ko‘chalarini bog‘laydigan tramvay yo‘llari ishga tushirilishi haqida xabar beradi O‘zA nashri. Biroq shu ...
6 january 2026
Men Nikolas Maduro haqida nimadir yozishni juda xohlagan edim, lekin avvalo shundan boshlaymanki, O‘zbekiston uni Venesuelaning qonuniy va legitim ...
8 april 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi «Eltuz»ning «Imperativ» ruknida. Davomi bor.) «Yoshullichilar»ning hammasini ham Nurali Qobul kabi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...