Asosiy mavzular
14 march 2018

MXX nomini o‘zgartirdi, DXX bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi.

Joriy yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoev Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishini o‘tkazib, idoraning ayrim bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari faoliyatini tanqid qilgan edi.

Toshkentdagi MXX qarorgohida bo‘lib o‘tgan bu majlisda davlat rahbari Milliy xavfsizlik xizmatining tarkibiy tuzilishini qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidlagandi.

«Eltuz» suhbatlashgan toshkentlik mulozimga ko‘ra, joriy yilda «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilishi kutilmoqda.

1991 yilning 2 noyabrida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining raisi Islom Karimov imzolagan qarorda Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) prezidentning 1991 yil 25 avgustdagi va 26 sentyabrdagi farmonlari asosida tashkil etilgani aytiladi.

Qizig‘i shundaki, prezidentning mazkur qudratli idoraning bir qo‘lga topshirilishini anglatuvchi nizom haqidagi farmoni ham, bosh vazirning nizomni tasdiqlovchi qarori ham bitta odam – Islom Karimov tomonidan imzolangan.

Yakkahokimlikka asos solingan kun

O‘sha kuni tasdiqlangan MXX nizomida O‘zbekistonning bu eng qudratli nazorat idorasi «O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga bo‘ysunishi» ta'kidlangan.

Shuningdek, o‘sha yili taqdirning taqozosi bilan prezident Islom Karimov bir vaqtning o‘zida bosh vazir ham edi. Bir vaqtning o‘zida ikkita alohida hokimiyat organi ustidan hukmronlik tizginini qo‘lga kiritgan Karimov arqonni uzunroq tashlash va chuqurroq ildiz otishni ko‘zlagan edi.

Asosiy vazifasi mamlakat ichkarisida va tashqarisida «razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblangan» maxfiy idoraning bitta shaxsga bo‘ysundirilishi O‘zbekistonda hokimiyatning keyingi 25 yil davomida Karimov tomonidan uzurpatsiya qilinishiga asos bo‘lgan edi.

Bugungi kun parallelidan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida ham bosh vazir va ayni paytda konstitutsiyaga zid o‘laroq, muvaqqat prezidentlik lavozimini qo‘lga kiritgan Shavkat Mirziyoev harakatlarida ayni tarix takrorlanayotganini kuzatish mumkin.

Shuhrat Nusratov: «Ertaga bizni qamashadi, ertaga sizni qamashadi»

1991 yili O‘zbekiston Oliy Kengashining tarixiy yettinchi sessiyasida mazkur nizomning ayni bandini va bu haqdagi prezident farmonini keskin tanqid qilgan sobiq deputat Shuhrat Nusratov ushbu qaror eng yomon oqibatlarga olib kelishini bashorat qilgan edi.

“Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda bitta odam, ya'ni Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak, bizni 37-40 yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz. O‘rtoqlar bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar, ayniqsa, bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. Ertaga sizni qamashadi”, degan edi 1991 yili O‘zbekiston parlamenti minbaridan turib Nusratov.

O‘sha sessiyadagi nutqidan ko‘p o‘tmay Shuhrat Nusratov Kuybishev tumani (hozirgi Mirzo Ulug‘bek tumani) partiya qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimidan olindi, parlamentdan chetlatildi va keyinchalik iqtisodiy ayblovlar bilan qamoqqa olindi.

Yetti yilga qamalgan 69 yoshli sobiq deputat Shuhrat Nusratov 2016 yilning aprel oyida ozodlikka chiqarildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 october 2018
Urganch tumani hokimi Otabek Bekchonov 15 oktyabr kuni ishdan olindi. Uning ishini hozirgi paytda hokimlik mulozimi Qudrat Rajabov vaqtincha ...
15 november 2017
Kanadalik 54 yoshli o‘zbek jurnalisti Ulug‘bek Ashur prezident Shavkat Mirziyoevni hajv qilib qo‘shiq kuyladi. «Shavkat aka!» deb nomlangan qo‘shiq ...
19 february 2018
Ichki ishlar vaziri, 57 yoshli Po‘lat Bobojonov o‘tgan yili «IIVning 230 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 8 ming 32 ...
26 september 2016
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan amaldagi bosh vazir, mustaqil kuzatuvchilar fikricha, noqonuniy tarzda prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...