Catira
22 march 2018

Tomorqa vazirligi tuziladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tomorqa vazirligiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 mart kuni Samarqand viloyati faollari bilan uchrashuvda bildirdi.

“Agar tomorqani aql bilan qilsak, bir yilning o‘zida 29 ming kishi ish bilan ta'minlanadi.

Kechirasizlar-u, odamlarni mehnatdan yiroq qilib qo‘ydik. O‘zining hovlisida mehnat qilmaslik O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. Jomga borganimizdayam ko‘rdik, katta qishloqda yashab, kartoshkani, sutni bozordan olyapti. 8 sotix yeri bor odam. Bu nima tirikchilik? Bu qanaqa iqtisod? Bunga qaysi davlat chidaydi? Kimni boqib bo‘ladi bunaqada», deya ta'kidlagan prezident bundan buën prokurorlar tanbal fermerlarni tekshirishini aytdi.

“Endi har bir hokimlikning 4 rahbari – hokim, ichki ishlar boshlig‘i, prokuror, soliqchi, o‘rinbosarlar uyma-uy yuradi, faqat birinchi o‘rinbosarlar idorada o‘tirsa bo‘ladi. Prokuror prokuraturaga kirmaydi, tumanda yotadi. Yo‘qsa, ishdan olib tashlayman. (O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri, bosh vazir o‘rinbosari) Jamshid Qo‘chqorov tushuntirib beradi tomorqa nimaligini», dedi prezident.

Majlisda Mirziëev Xitoy dehqoni 8 sotix yerdan million dollar ishlaëtganini aytib¸ tanbal o‘zbek fermerlariga dakki berdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 july 2020
Hafta aylanib yana sizlar bilan yuzlashganimdan mamnunman. Suhbati chor – anda mazza bor, deyishadi. Sizlar esa yuz minglarsiz. Shuncha ...
16 june 2024
Fazliddin Madaliev “Fazliddin Madaliev” fermer xo‘jaligi rahbari. U 17 gektar yerga g‘alla ekkan edi.Markaziy Farg‘ona cho‘llarida joylashgan ekin maydonlarida ...
26 july 2017
O‘zbekistonning 8 mingdan ziyod mahallalarida «Qaynonalar kengashi» faoliyat boshladi. Xotin qizlar qo‘mitasining yangi qaroridan ayollar orasida taassuf bildiruvchilar ham ...
4 march 2016
Pul evaziga oëq to‘pi o‘yinini spektaklga aylantirgan kelishilgan o‘yinlar qiroli Camvel Babayanni rassom Elsevar hajv qildi. Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...