Kundalik
20 january 2016

Ma'rifat ko‘chasidagi fohishaxona ëpildi

Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan.

Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 uy haqida so‘rasangiz, ular bu yerda soatiga ikki ming rus rubli berib qizlar bilan dam olish mumkinligini sizga aytishadi.

Hatto ko‘chadagi asfaltga o‘zbekcha reklama trafaret orqali tushirib qo‘yilgan. Bu reklamada “qizlar” deb o‘zbekcha ëzilgan va ënida telefon nomeri bor.

“Men telefon qilsam bitta xorazmlik qiz telefonni ko‘tardi. U qiz bir soat dam olish 2500 rubl deb narxni balandroq aytdi” deydi Eltuz manbasi.

Uning aytishicha, seshanba kuni bu islovatxonani politsiya bosib o‘nga yaqin qiz va ularga qorovullik qilgan yigitlarni olib ketishgan.

Bu Piterda yopilgan o‘zbeklarning ilk islovatxonasi emas, Rossiya matbuoti shu yilning 15 noyabrida Xerson ko‘chasida joylashgan foxishaxonaning yopilgani, u yerda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lga, tug‘ilgan yili 1960, 1982 va 1984 qizlarga ma'muriy chora ko‘rilgani haqida yozgan edi.

Sankt-Peterburg shahri Rossiyadagi o‘zbeklar zich yashaydigan shaharlardan biri.

2010 yilgi perepis paytida shaharda 20 345 o‘zbek yashashi qayd qilingan. Ayni paytda shahardagi o‘zbeklar soni haqida turli raqamlar mavjud. Ba'zi norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra shaharda 850 000 o‘zbek istiqomat qiladi.

Zarif Matyoqubov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 august 2018
2002 yilning 31 martida kutilmaganda Muhammad Bekjon Zarafshondagi 48-zonaga etap qilinadi… Siyosiy mahkumni sil kasalining o‘tkir turiga chalingan mahkum ...
21 july 2025
«Buxoroneftegazparmalash»da milliardlik korruptsiya mojarosi yuzaga keldi. Jamiyat rahbariyati 2,85 milliard so‘m mablag‘ni sohta shartnomalar vositasida o‘zlashtirib yuborgan. Dastlab «KOGON ...
3 february 2016
Mustaqil jurnalist Maloxat Eshonqulova navbatdagi videolavhasida yaqinda o‘zbek turmasidan ozod etilgan mahkum huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevga mikrofon tutadi. “O‘zbek ...
21 may 2017
Turkiyaning Istanbul shahri Fotih tumani Qumqopi mahallasida 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Dildora Inomovani o‘ldirib jasadini musorga tashlagan muhtamal qotil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...