Catira
10 september 2018

Bu turfa gullar, ayting….

Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora satindan bo‘lgan trusi kiyishi kerak bo‘lgan.

Zaytsevning ota-onasi unga chet eldan keltirilgan sifatli oq trusi kiydirib, bog‘chaga yuborgan. Boqcha opa Zaytsevni boshqalardan farqli ishton kiygani uchun stul ustiga chiqarib qo‘yib sazoyi qilgan.

Ertasiga Zaytsev «Bon Bon Bodywear» ërliqli trusini yechib tashlab, «Krasniy bolshevik» artelida tikilgan arzon satin ishton olib berishlarini onasidan ko‘zida ësh bilan talab qilgan.
Bog‘chadagi jamoatchilik bosimining oqibati edi bu.

Xuddi shunday jihat tarmoqning o‘zbek segmentida kuzatilmoqda. Segmentdagi bitta qatlam barchani bosim ostida tutishni istaydi.
Yaxshisi bu haqda Asadulla Jo‘raev fikrini keltirsam:

“Feysbukdagi o‘zbek internet segmentining fojeasi – bu tarmoqni dogma va notolerant fikrlaydigan, mutaassiblar juda uzoq vaqtdan buyon maydon qilib olgani.

Har qanday masalada o‘zlarining fikrlarini o‘tkazishga harakat qilishadi.

Har qanday dunyoviy post qo‘yilsa ham ular o‘z ustavlari bilan yetib kelishadi.

Juda ko‘pi real emas, balki feyk akkauntlar. Ijtimoiy fikr yaratishmoqchi bo‘lishadi.”

Yana bir tarmoq faoli Nurilla Norchaevich mana bunday ëzadi:
“Bu dindorlar ayollarimizni gey bola tug‘ishda ayblab chiqishdi.

Seriallarni tarjima qilgan artistlarni xoinlikda ayblab yuborishdi. Ko‘chada yurishga qo‘rqib qoldik ,to‘g‘risi. Qachon qarasang soqol qo‘y, namoz o‘qi, ziyofat ber deb talab qilishadi. Ertaga afg‘onlarga o‘xshab qolishimiz hech gap emas bunaqa ketishda.”

«O‘zgalarning erkin tanlovini cheklaydigan jamiyat faqat o‘zini cheklaydi», deydi «ma'naviyatchilar»ga qarshi fikrlari bilan ijtimoiy tarmoqda mashhur bo‘lgan toshkentlik tadqiqotchisi Rafael Sattorov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

«Mana, qamalgan blogerlarning bir Ziyovuddin Rahim. U o‘zining diniy fikrlari bilan boshqa shaxslarning erkin tanloviga qarshi bo‘lgan ro‘mol o‘ramagan ayollarni fohishalarga tenglashtirgan, serial artistlarini vatan xoinligida, farzandlariga harom luqma yedirganlikda ayblovchi fikrlar bildirgan. U boshqalar erkini cheklamoqchi edi, mana o‘ziga qaytib keldi shu narsa…».

“Muhtasham yuz yil” filmida Sulton Sulaymon turfa rang chechaklar chappar urgan gulzorga qarab turib, “Yaratgan turlilikni sevadi. Agar buning teskarisi bo‘lsaydi, u faqat bir turli gul yaratardi. Bir turli qush, faqat bir xil odamlarni yaratgan bo‘lardi. Ayni paytda qaragin, biz juda har xilmiz. Bu bog‘ unda turli gullar bo‘lgani uchun chiroyli”, deydi film qahramoni.

Turfalikni rad qiladigan bosim bizni tussiz, rangsiz, tanqidiy taqqoslab fikrlamaydigan qullarga aylantirishi mumkin.
O‘simlik ortiqcha namdan qiynalgani, moychiroq esa moy ko‘pligidan o‘chib qolgani kabi odam ham ortiqcha bosim ostida cho‘kish tahlikasi bor.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 march 2022
Qozog‘iston muxolifati lideri Muxtor Ablyazov Feysbuk sahifasida 7 mart kuni Rossiya kommunistlari lideri Zyuganovning navbatdagi shovinistik chiqishi ortidan quyidagi ...
15 june 2019
Mana, hafta aylanib, siz bilan yana  yuzlashdik. Bu hafta ham voqealarga boy bo‘ldi. Xalq bankining Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani ...
15 february 2017
13 fevral kuni jazoni o‘tash muddati tugagani ortidan 69 ëshli Rustam Usmonov qamoqdan chiqarildi. Millioner Rustam Usmonov 1998 yili ...
17 march 2021
The Diplomat nashri O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayoni tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etdi. Uning muallifi Corissa Steiner O‘zbekiston rahbariyati avval ham iqtisodiyotni xususiylashtirishni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...