Asosiy mavzular
29 january 2019

Prezidentparast yoshlar uysiz qolmoqda

Marhum prezident Islom Karimovning suyangani uni salkam payg‘ambar o‘rnida ko‘rgan yoshlar va qariyalar edi.

U bir parcha non uchun xorijga chiqib ketganlarni “dangasalar” deb haqoratlaganida ham shular unga qarsakbozlik qilgandi.

O‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lganida “prezidentimiz o‘lmagan, bu gaplarni g‘alamislar tarqatyapti”, deganlar, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki o‘likni tiriltirishga bel bog‘laganlar ham shu o‘zimizning yoshlarimiz edi.

Unga qarshi gapirganlarning “peshonasini o‘rib yorish”ga tayyor ana shunday haybarakallachi yoshlarning bir guruhi bugun prezident va'da qilgan uyni ololmay, ovorai sarson bo‘lib yuribdi.

Bu yigit-qizlar O‘zbekiston yoshlari ittifoqi tashkiloti, ya'ni yangi prezident avvalgi davlat rahbariga haddan ziyod ko‘ngli sust ketgan “Kamolot”ning o‘rniga tashkil etgan uyushmaning a'zolari.

Sadoqati va rejimni mustahkamlashdagi xizmatlari evaziga Islom Karimov hukumati 2014 yilda ularning 630 nafariga Toshkentning Sergeli tumanidan uy-joy berish haqida qaror qabul qilgan.

Keyinchalik bu qaror yangi prezident imzolagan boshqa bir hujjat bilan mustahkamlangan bo‘lsa-da, ular hamon uy-joysiz qolmoqda.

Matbuotda tarqatilayotgan xabarlardan ma'lum bo‘lishicha, bu yosh oilalarning muammosini hatto mamlakat yoshlarining ko‘p yillik yetakchisi Qahramon Quronboev ham yoki hal qila olmayapti, yoki hal qilishdan qochib yuribdi.

Musofir yurtda uy-joysiz yurish haqiqatda juda mushkul. Buni boshiga tushganlar chuqur his qiladi. Har kimning ham o‘z boshpanasi bo‘lsin.

Sobiq “kamolot”chi yoshlarning uy masalasida matbuotda aytgan gaplarini o‘qib, bir jihatga e'tibor qaratdim.

Maqola bu yoshlarning “prezidentimiz, prezidentimiz”, degan gaplari bilan to‘la. Birortasi “vatanimiz”, demayapti.

Muammosi yechimini topishga ham prezidentni qalqon qilyapti. “Kadrlarimiz ruhlantirilmasa, yana chet elga chiqib ketishlar boshlanadi”, degan dag‘dag‘aga o‘xshagan iddao ham bor gaplarida.

Faqat prezident, prezident, deb emas, olgan uyim xalqimga, vatanimga ko‘proq xizmat qilishimga asqatadi”, deb aytinglar sizlar ham!

Odamlar sizlarning timsolingizda o‘sha Karimov maddohlarini ko‘rishdan bezib qolgan. Qolaversa, bugungi prezident sizlardan maddohlikni emas, xalqqa xizmat qilishni so‘rayapti.

Siz esa haliyam eski odatingizdan voz kechadiganga o‘xshamaysiz. O‘sha uylar uchun berilgan sertifikatlarni bekor qilib, ularni hech bo‘lmaganda haqiqiy ilm yo‘lida bir ish qilayotgan tengdoshlaringizga berish kerak, degim keladi.

Lekin, nachora, sizlar ham shu xalqning farzandlarisizlar. Boshpanasizlikdan xudo saqlasin.

Sizlarga atalgan uylar o‘zlaringizga nasib qilsin. Lekin eski odatingizni tashlang…

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 november 2025
Bugungi kunni anglash uchun tarix ilmini bilish kerak. Tarix – bu o‘liklar haqidagi ilm. O‘lganlarni tinch qo‘ying deydigan oshqovoq ...
23 november 2016
Avvaliga ijtimoiy tarmoqda feyk akkauntlar orqali tarqalgan, Gulnora Karimovaning o‘lgani yoki tirikligiga oid xabarlar tezgina o‘zini jiddiy deya sanagan ...
17 january 2018
O‘tgan yili turli darajadagi hokimlarning zo‘ravonligi, so‘kong‘ichlari, qo‘l ostidagilarga bo‘lgan qo‘pol muomalasiga oid xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bu haqdagi fikr-mulohazalar ...
6 june 2016
O‘tgan oy O‘zbekiston telekanallari «ish»ni 9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtboshining urush faxriylariga ko‘rsatgan «ulkan ehtiromi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...