• Foto: Jamshid haqida "Adabiyot" gazetasi maqola chop etgandi
Asosiy mavzular
4 may 2020

Qamoq muddati besh marta uzaytirilgan diniy mahbus ozod qilindi

Yigirma bir yilni qamoqda o‘tkazgan buxorolik 43 yashar Jamshid Vosiev bugun, 4 may kuni ozod etildi. Bu haqda uning qarindoshi «Eltuz»ga xabar berdi.

Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashlaridan keyin hibsga olinib, konstitutsion tuzumga tajovuz va diniy ekstremistik tashkilotga a'zolikda ayblangan Vosiev 11 yilga qamalgan edi.

Jamshid Vosievning qamoq muddati «jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik» sababi bilan turli yillarda besh marta uzaytirilgan.

Oxirgi marta Zarafshon shahri sudining 2017 yil 16 maydagi hukmi bilan uning jazo muddatiga 3 yil qo‘shib berilgan.

Shu yilning mart oyida BMTning O‘zbekistondagi inson huquqlariga bag‘ishlangan sessiyasida muttasil jazo muddati uzaytirib kelingan Jamshid Vosiev nomi tilga olingani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi eksperti P.Pazartis (Pazartis) O‘zbekiston delegatsiyasi oldida quyidagi savollarni qo‘ygan:

«Yaqinda din erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan qamoq muddati uzaytirilgani haqida xabar keldi. “Qamoqda o‘zini tutish qoidalari” bilan tanishish uchun ular qaerdadir rasmiy shaklda chop etilganmi? Nima uchun bu xavotirlarni vujudga keltiradi? Bizga 1999 yil fevral oyida Jinoyat kodeksining 159-moddasi bo‘yicha 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan janob Jamshid Vosiev haqida aytishdi. Uning qamoq muddati o‘zini tutish qoidalarini besh marta buzganligi uchun uzaytirildi. Oxirgi marta 2017 yil may oyida uzaytirilgan. U 2020 yil may oyida ozodlikka chiqishi kerak. Ammo uning qarindoshi “o‘zini tutish qoidalarini buzganligi sababli” qamoq muddati yana uzaytirilishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 may 2021
Toshkent shahrida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar 9 may arafasida bog‘ hududini tozalash ...
4 july 2017
O‘tgan iyun oyida O‘zbekiston telekanallarida OAV haqidagi chiqishlarga boy bo‘ldi. Buning birinchi sababi 27 iyunda o‘zbek jurnalistlarining kasb bayrami ...
11 september 2023
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti rahbariyati ushbu universitetning o‘zbek tili va adabiyoti uchinchi bosqich talabasi Karomat Muqimovaga universitet yotoqxonasidan joy ...
14 may 2016
Andijon shahar «Uyg‘ur» jome masjidi imom‑xatib noibi o‘zbek ëzuvchisi Nurilla Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon)ning “Bu kunlar” romaniga qarshi maqolani ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...