Asosiy mavzular
7 october 2020

Alisher Ilxomov: Hujum qilish siyosati hamon eski g‘ildiragini aylantirmoqda

Jeenbekov hukumatining hayratlanarli darajada tezkor ag‘darilishidan so‘ng bir qator savollar tug‘iladi. Ulardan eng muhimi – ikkita:

  1. Endi nima bo‘ladi?
  2.  O‘tmishdagi rejim o‘zgarishlaridan qanday saboqlarni olish kerak?

Qirg‘izistonda, albatta, Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalarga qaraganda  fuqarolik erkinligi yuqoriroq darajada turadi. Ammo rejim o‘zgargani sayin, qoida bo‘yicha, ketma-ket yangi korruptsiyalashgan avtokrasiyalar bo‘y cho‘zmoqda. Har bir hokimiyat almashganidan keyin klanlar siyosati qayta va qayta hukmronlik qilmoqda. Demokratiya elementlarining klan siyosati bilan birlashishi natijasida rasmiy hokimiyat institutlari juda zaiflashib bormoqda.

Buning sababi nimada?

Eng muhim sanalgan huquqiy institutlar va odil sudlov tizimini isloh qilishda biron bir o‘zgarishning yo‘qligi. Vaholangki, bu muassasalar ijro etuvchi yoki qonun chiqaruvchi institutlardan ko‘ra ancha muhimroqdir.

Huquqiy institutlar – davlatning yadrosi sanalib, hukumat va parlament esa shunchaki uning qobig‘idir. Ushbu yadro nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun post-sovet mamlakatlarida hali shakllanmagan, Boltiqbo‘yi davlatlari bundan mustasno. Xuddi shunday Ukraina, Gruziya va Moldovada ham ushbu yadro hali shakllanmagan bo‘lib, ular hali qonun ustuvorligi va mustaqil sudlov tizimini yaratmagan. Ularning asosiy rivojlanish muammolarining omili mana shunga borib taqaladi.

Endi Qirg‘izistonda hokimiyat almashganidan keyin hukumat g‘ildiragi eski yo‘lga qarab og‘ib ketishi xavfi mavjud. Vazirlarning o‘z joy va lavozimlarini qo‘lga kiritish ishlari allaqachon boshlangan. Bu jarayon shu bilan cheklanib qolishidan juda qo‘rqaman. 

Agar hozirda norozilik namoyishi rahbarlari birinchi navbatda odil sudlovni – sud tizimi, prokuratura, tergov organlari, militsiyani isloh qilish bilan shug‘ullansa, ushbu dahshatli doirani chilparchin qilishi mumkin. Ushbu tuzilmalar hokimiyatning vertikalidan butunlay chiqarib tashlanishi va haqiqiy avtonomiyaga ega bo‘lishi kerak. Agar bu bajarilmasa, unda hamma narsa eski holatiga qaytadi.

Huquqiy tizim qanday bo‘lishi kerakligi haqida ikki og‘iz to‘xtalib o‘tsak. Diktatorlar ham qonunga murojaat qilishni yaxshi ko‘radilar, masalan, noroziliklarni ta'qiqlab, qonundan havolalar keltirish orqali bahslashadi.

Shuni unutmangki, qonun tushunchasi xalqning adolat tushunchasidan kelib chiqadi. Inglizcha «justice» so‘zi bu adolatni xalq tushunchasi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Va sud hay'ati ushbu aloqani yanada kuchaytiradi. Mamlakatimizda «justice» so‘zidan kelib chiqqan «adliya» so‘zi bu aloqani yashiradi. Mamlakatimizda adliya odamlar va ularning adolat g‘oyalaridan ustun turgandek tuyuladi. 

Ushbu aloqani nima uchun ta'kidlash muhim? Chunki aynan shu bog‘liqlik jamiyatning huquqiy tizimga ishonchini kuchaytirishi mumkin. Shundagina saylov huquqlari buzilgan taqdirda, odamlar sudning qaroriga prezident yoki korruptsiyaga botgan klanlarning ta'sir qilishidan qo‘rqmasdan to‘liq ishonishlari mumkin edi. Hozircha bu holat orzu bo‘lib qolmoqda.

Aynan qonun va adolat tushunchasi o‘rtasidagi ushbu aloqani tiklash uchun huquqiy tizimni isloh qilish aholining unga bo‘lgan ishonchini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina ushbu qonun tizimi ijro hokimiyatining o‘zboshimchaliklariga nisbatan ham, olomonning o‘zboshimchaliklariga nisbatan ham barqaror bo‘lishi mumkin.

Anarxiya va okrokratiya xavfi avtoritar diktatura xavfidan kam emas.

Alisher Ilhomov
Siyosiy tahlilchi, London

Tag‘in o‘qing
18 january 2026
1871 yil 18 yanvar — nafaqat Germaniya, balki butun Yevropa tarixini tubdan o‘zgartirib yuborgan voqea sodir bo‘lgan kundir. Shu ...
23 january 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu ...
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
21 april 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», Rassom Tuz, rassom Elsevar va «Eltuz» namoyish qiladi. (IKKINChI QISM) Avtobus o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan ketyapti. Cirtiga “O‘zbekiston ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...