Asosiy mavzular
7 october 2020

Komil Allamjonov ishi: Avtotest Report kompaniyasi

Komil Alllamjonov tomonidan asos solingan, haydovchilarni o‘qitishga ixtisoslashgan Avtotest Report kompaniyasi 2017 yilda hukumat qarori bilan to‘la monopoliya huquqini qo‘lga kiritgan edi. 

Komil Allamjonovning biznes loyihalarida davlatning roli aynan “Avtotest” misolidayanada yaqqolroq ko‘rinadi. 

“Avtotest Report” tarixi 2012 yilga borib taqaladi. Bu davrda Allamjonov Davlat soliq qo‘mitasida gapi har yerda o‘tadigan amaldorlardan biri edi. 

Ammo kompaniya aktsiyadori sifatida Alimboboev Bobur Bahodirovich nomi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, “Avtotest”ga tegishli patent egalaridan biri Komil Allamjonov hisoblanadi. 

Bobur Alimboboevning feysbukdagi sahifasida u “Soliq info” xodimi ekani aytilgan. Bu yigit Pomidor Entertainment kompaniyasi aktsiyadori ham hisoblanadi. 

Ammo keyinchalik “Milliy” telekanali nomini olgan bu kompaniya Komil Allamjonovga o‘tgan.  Davlat reestridagi yozuvlar shundan dalolat beradi. 

“Avtotest”ga monopol huquq taqdim etadigan ilk hujjat Shavkat Mirziyoev hali bosh vazir bo‘lgan 2015 yilda u tomonidan imzolangan qarordir. Unda “Avtotest” va 51 foizdan ortiq aktsiyalari “Avtotest”ta tegishli tashkilotlarga O‘zbekistonda avtotransport vositalari va shahar elektromobillari haydovchilarini o‘qitish va qayta o‘qitish huquqi taqdim etilishiga rozilik berilishi haqida so‘z boradi.

Qarorda quyidagilar yozilgan: “Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Avtotest report” MJChning so‘roviga ko‘ra bir oy muddatda viloyatlar markazlariga yaqin hududlardan o‘quv majmualari  qurish uchun 3 gektardan kam bo‘lmagan yerlarni tekin taqdim etishni ta'minlasin”.

Qarorda “Avtotest” yer uchun yillik ijara haqid yoki qandaydir boshqa mablag‘ to‘lashi haqida hech narsa aytilmagan. Ya'ni bosh vazir Shavkat Mirziyoev xususiy kompaniyaga davlat yerini shunchaki taqdim etib yuboryapti.

2017 yilda amaldagi bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan “Avtotest” foydasiga chiqarilgan navbatdagi qaror hammasidan o‘tib tushdi. 

Bu qarorda 2018 yildan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilari har ikki yilda bir marta “Avtotest” o‘quv markazlarida malakasini oshirishi majburiy etib belgilandi. 

Hukumatning xususiy kompaniya manfaati yo‘lida bu kabi ochiqdan-ochiq hujjatlar qabul qilishi zamonaviy dunyoda kamdan-kam kuzatiladigan hodisalardan biridir. 

Hukumatning Komil Allamjonov asos solgan biznes uchun kafolatli monopol bozor yaratishga bu urinishi jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Eslatish joizki, qaror qabul qilingandan so‘ng ko‘p o‘tmay Allamjonov prezidentning matbuot kotibi etib tayinlangandi.  

Ammo jamoatchilikning keskin noroziligidan so‘ng hukumat o‘z qaroriga o‘zgartirish kiritib, tegishli talablarga javob beradigan boshqa firmalar ham bu ish bilan shug‘ullanishi mumkinligini ma'lum qildi.

Shunga qaramay, 2019 yil avgustda Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi “Avtotest” va uning sho‘'ba kompaniyalaridan tashqari boshqa birorta firmaga yuridik shaxslar haydovchilarini qayta o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziya berilmaganini bildirdi. 

Holbuki, bu vaqtda mamlakatda haydovchilikni o‘rgatish bilan shug‘ullanadigan o‘nlab firmalar faoliyat yuritardi.

Bundan ko‘rinadiki, qonunchilikdagi o‘zgarishga qaramay, 2019 yilda ham “Avtotest” o‘zining bu bozordagi ustuvor monopoliya huquqidan avvalgidek foydalanib kelgan. 

Tag‘in o‘qing
1 december 2025
39 yil avval — 1986 yil 1 dekabrda — mamlakat ekranlariga Georgiy Daneliyaning Rezo Gabriadze stsenariysi asosida suratga olingan ...
19 february 2024
Qashqadaryo va Sirdarë viloyatlarida Indorama Agro xorijiy kompaniyasiga 70 million dollar kredit ajratgan Yevropa tarraqiyot banki ustidan kompaniya ishchilari ...
19 june 2018
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki 2018 yil 1 choragi bo‘yicha xususiy shaxslarning Rossiyadan boshqa mamlakatlarga jo‘natmalari statistikasini e'lon qildi. MDH ...
13 april 2016
eltuz.com saytiga, IShIDga aloqadorlikda ayblanib, 7 yil ozodlikdan maxrum qilingan Jizzaxlik fermer, armani millatli Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...