Asosiy mavzular
17 october 2020

Gazchi qarzdorligi so‘ndirilmagan uy egasi tomonidan o‘ldirildi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi “Do‘stlik” MFYda yashovchi 29 yoshli Farruh Karimjonov uyiga qarzdorlikni so‘ndirishni so‘rab kelgan tuman gaz idorasi xodimi 50 yoshli Qahramon Shomurodovni pichoqladi. 

Ayblanuvchining IIB vakillariga bildirishicha, 9 oktyabr kuni 18:00 atrofida tuman gaz korxonasi xodimi uning uyiga keladi. Gazdan qarzi borligini, uni so‘ndirishi zarurligini aytadi. 

O‘rtada kelishmovchilik paydo bo‘ladi. Ikki tomon yarim soatdan oshiqroq davomida tortishadi. Yonida pichog‘i bo‘lgan Farruh Karimjonov sovuq qurol bilan gaz korxonasi xodimini dastlab qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. 

Biroq shashtidan qaytmagan Qahramon Shomurodovga ketma-ket pichoq sanchadi. Yuz, yelka va qorin qismidan og‘ir jarohat olgan gazchi voqea joyida vafot etadi.

“Eltuz” muxbiri marhumning yaqinlari bilan bog‘landi. Ayblanuvchi bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

Marhumning rafiqasi ular asli Navoiy viloyati Nurota tumanidan bo‘lib, Sirdaryoga ko‘chib kelganidan buyon eri tuman gaz idorasida ishlayotganini ma'lum qildi. Shu vaqtgacha erida ish yuzasidan pichoqlanish holati kuzatilmagan. 

Marhumning raqifasi eri bir-ikki bor qarzdorligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan kaltaklanganini aytdi. U to‘rt farzandi borligini, erining vafotidan so‘ng oilasida moddiy, ma'naviy qiyinchilik bo‘lishini ma'lum qildi. 

Sirdaryo tumani IIBga yaqin mulozimning bildirishicha, voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sud-ekspertiza ishlari bo‘yicha dastlabki xulosa olingan. 

To‘plangan ma'lumotlar asosida gumonlanuvchi Farruh Karimjonovga Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ya'ni qasddan odam o‘ldirish aybi qo‘yilgan. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 january 2026
Ming chaqirimlik yo‘l ham bir qadamdan boshlanadi.
15 december 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
1 august 2019
O‘zbekiston ham sharmandali ravishda uyg‘ur qardoshlarimizga bo‘layotgan Xitoy hukumati zulmini qo‘llab chiqqan 50 ta davlat qatoriga qo‘shildi. Adolatdan, o‘z ...
8 january 2017
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi. Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...