Asosiy mavzular
19 september 2022

Yevropa ëz bilan xayrlashmoqda

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha  19 sentyabrdan e'tiboran turistik Shengen vizasi bo‘lgan rossiyaliklarni mamlakatga kiritmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Ular mazkur taqiq uchinchi mamlakatdan viza olgan rossiyaliklarga ham tegishli bo‘lishi ta'kidlaganlar. Demak, bundan buyon rossiyaliklarga Yevropa Ittifoqiga kirish uchun darcha sifatida faqat Finlyandiya qolmoqda. Insonparvarlik nuqtai nazaridan ayrim shaxslarga, jumladan dissidentlar uchun ham kirishga ruxsat beriladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan keng ko‘lamli urushi munosabati bilan ruslarga vizalar va yashash uchun ruxsatnomalar berishni sezilarli darajada cheklagandi. Biroq shu paytgacha bu davlatlar orqali Yevropa ittifoqining qolgan mamlakatlariga sayohat qilish mumkin edi. Rossiyaliklar ulardan, shuningdek, Finlandiyadan Yevropa ittifoqiga quruqlik chegarasi orqali kirish uchun foydalangan.
Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarini ham ushbu taqiqqa qo‘shilishga chaqirdi. «Biz Rossiyani urushni tugatishga majbur qilish uchun barcha vositalardan foydalanishimiz kerak», dedi u. Kallasning aytishicha, rossiyaliklarning atigi 30 foizida xorijga chiqish pasporti bor, ular Rossiya elitasiga mansub va Kreml qarorlariga ta'sir o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Oldinroq Yevropa ittifoqi Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgan edi. Shu kunlarda Portugaliyada xizmat safarida bo‘lgan muxbirimizning aytishicha portugaliyaliklarning aksar qismi ukrainlarni qo‘llaydi va rossiya vatandoshlarining o‘z yurtiga qaytib borib, bosqinchi Putin rejimini ag‘darishi kerak, degan fikrda. 18 sentyabr oqshomi Lissabon markazida o‘tgan «Alvido oltin ëz» tadbiri ishtirokchilari ham shu fikrda. Ular urushqoq ruslarga va jazirama ëzga xayr deya barabanlar chalib raqsga tushishdi. Bu tadbir yevropa ëzda ham qishda ham Rossiyasiz baxtiër yashayveradi degan mujdani berdi.

Video: https://youtu.be/XTQ8C4ZcUrE

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 august 2020
Diktator uchun transformer taxt. Rassom Tuz
2 october 2019
Bugun ustozim, aka-do‘stim, ajoyib inson, o‘z uslubi va so‘ziga ega bo‘lgan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning tug‘ilgan kuni! Afsus, ...
5 september 2023
Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis ...
28 september 2020
Adliya vazirligining 27 sentyabr kuni bildirishicha, prezidentning 22 sentyabrdagi “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...