Kundalik
3 february 2016

Prokuror Aramais Avakyanga 18 yil so‘radi

2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, Aramais Avakyan «159, 161, 244 moddalarda ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun», unga umumiy xisobda 18 yillik qamoq jazosi so‘radi.

Sudlanuvchilar Furqat Jo‘raev, Bektemir Umurzoqov, Akmal Matmurodov, Dilshod Alimovlar uchun prokuror 10, 15 yildan jazo so‘ragan bo‘lsa, bu ishdagi asosiy guvox sanalayotgan va kasbi sartarosh bo‘lgan Azamat ismli sudlanuvchiga 3 yillik jazo so‘ragan.

Aramais Avakyandan tashqari barcha sudlanuvchilar, o‘zlaring so‘nggi so‘zlarida, ayblariga iqrorliklarini aytishib, o‘zbek xalqi va Islom Karimovdan kechirim so‘rashgan.

Faqat Aramais Avakyan xech kimdan kechirim so‘ramasligini aytgan.

«Men bu moddalarda ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etmaganman. Va kechirim so‘ramayman. Men arman bo‘lsamda, shu O‘zbekistonda voyaga yetdim. Bu yurt mening vatanim. Va men unga xiyonat qilmaganman» degan Aramais Avakyan.

Sudya tanafus vaqtida Shirin Tursinovaga turmush o‘rtog‘i Aramais Avakyan yoniga kelishga va gaplashib olishga ruxsat bergan.

«Men uning qo‘llaridan ushladim va unga, ruxini tushirmasligini aytdim. Yana, xalqaro tashkilotlar, Jurnalistlar va dunyo armanlari uyushmalari seni taqdiringdan xabardorlar dedim. Uning ko‘rinishi bugun ancha yaxshi, ruxi tetik ko‘rindi menga» dedi eltuz.com bilan suxbatda Shirin Tursinova.

Xukm o‘qilishi kutilayotgan sudning oxirgi majlisi qachon bo‘lishi yig‘ilganlarga aytilmagan.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 july 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
22 may 2018
Prezident kelib ketgach, andijonliklar yengil nafas olishdi. Bugun menimcha rahbarlar ham to‘yib uxlashgan bo‘lishsa kerak. Xalqimiz mehmondo‘st, mehmon kutib ...
10 january 2020
Dunëni kim boshqaradi? Dunëni siësat boshqaradi. Siësat birlamchi va qolgan hamma narsa o‘ninchi. Yurmaydigan mashinaning o‘rindig‘iga yangi charm qoplash bilan ...
15 october 2025
Ellikqal'a tumanida erkak xotiniga OIV kasalini yuqtirgani uchun sudlandi. Sud hujjatlarida ismi mavhum bo‘lgan bu fuqaro o‘zining OIV kasaliga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...