Asosiy mavzular
22 february 2025

Dunëni o‘zgartirgan yillar haqida 

(Bibisi muharriri Jon Simpson)

Ba'zan, juda kamdan-kam hollarda, dunyo ulkan, keskin o‘zgarishlarni boshidan kechiradigan yillar bo‘ladi. 1968 yil ana shunday yillardan biri edi: Sovet Ittifoqining Chexoslovakiyaga bostirib kirishi, Parijdagi tartibsizliklar va Amerikadagi Vetnam urushiga qarshi namoyishlar. 1989 yil ham shunday yillardan biri bo‘ldi: Tyananmen qirg‘oni, Berlin devorining qulashi va Sovet imperiyasining yemirilishi.

Men ana shu voqealarning har birini shaxsan ko‘rish baxtiga (yoki baxtsizligiga) muyassar bo‘lganman. Shu nuqtai nazardan qaraganda, 2025 yil, hammasiga atigi yetti hafta bo‘lganiga qaramay, xuddi shunday o‘zgarishlar yili bo‘lishi mumkin. Ya'ni, dunyoning ishlash tamoyillari qayta ko‘rib chiqiladigan, eski tushunchalar «maydalab tashlanadigan» davr bo‘lishi ehtimoli bor.

Buning asosiy sababi, albatta, Donald Tramp.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Trampgacha bo‘lgan har bir 13 AQSh prezidenti bir xil geosiyosiy tamoyillarga hech bo‘lmaganda og‘zaki rioya qilgan: ya'ni, Amerika xavfsizligi Yevropa Rossiyadan, Osiyoning kommunistik bo‘lmagan davlatlari esa Xitoydan himoya qilinishiga bog‘liq, degan tushuncha mavjud edi.

Tramp esa bu yondashuvni tamoman o‘zgartirdi. U Amerika manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yayotganini ta'kidlaydi. Ko‘pincha bu, oddiy qilib aytganda, bitta savolga borib taqaladi: bu AQShga qanchaga tushadi?

Bu yondashuv Trampning ittifoqchilari, ayniqsa Yevropadagilar uchun jiddiy muammo tug‘diradi. Ammo masala yanada og‘irlashadi, chunki Trampning shaxsiy xususiyatlari uning siyosatini belgilaydi – bu jihatdan u zamonaviy davrdagi hech qaysi AQSh prezidentiga o‘xshamaydi, hatto Richard Niksonga ham.

«U xuddi Lui XIV kabi,» – dedi menga bir nafaqadagi amerikalik diplomat, Frantsiyaning o‘zini ulkan shaxs deb bilgan «Quyosh podshohi»ga ishora qilib.

Tanqidchilarning fikricha, Tramp ham haddan tashqari manman, ham juda noziktabiyat. Shu sababli, uning atrofidagilar – masalan, Ilon Mask va Ҷ. D. Vans – o‘z lavozimlari uni qanchalik maqtashlari va uning qarashlarini qo‘llab-quvvatlashlariga bog‘liq deb hisoblashlari mumkin.

Masalan, Tramp hech qanday dalilsiz Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy korruptsiyaga aralashgan va omma orasida mashhur emas, deb da'vo qilsa, Mask buni yanada kuchaytirib: «Zelenskiy ukrainaliklar tomonidan hurmat qilinmaydi, u ukrain askarlarining jasadlari hisobiga kun kechiradi», deydi.

Hozirgi Tramp mahofasida hech kim «Janob Prezident, balki bu gapdan qaytish kerakdir» deb uni muloyimlik bilan to‘xtatmaydi, shekilli.

Trampning avvalgi prezidentlik muddatidan kelib chiqib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, uning atrofidagi har bir odam u kelishmovchilikni yoqtirmasligini yaxshi biladi. Shuningdek, ular bilishadiki, ko‘plab saylovchilar Trampning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va Amerika uzoq bir qit'ada xavfsizlikni moliyalashtirishdan charchagan deb hisoblaydi.

Tramp Ukraina urushiga Pasxagacha nuqta qo‘yishini va'da qilgan. U haq bo‘lishi mumkin: Putin ham bunga qiziqish bildirmoqda. Rossiya qo‘shinlari son jihatidan ustunlik qilib, Ukrainaning sharqiy hududlarida sekinlik bilan oldinga siljiyapti.

Biroq bu ulkan qurbonlar evaziga bo‘lmoqda. Agar bu jarayon davom etsa, Rossiyaga majburiy harbiy chaqiriqni qayta joriy qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin, bu esa xalq orasida ommabop bo‘lmagan va hatto Putin hokimiyatini beqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan qarordir. Shu bois, Trampning tinchlik haqidagi gaplari Kreml uchun quloqqa go‘yo musiqa kabi eshitiladi.

Trampning sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Bolton (u hech qachon Trampga mute' bo‘lmagan) yaqinda: «Kremlda Trampning tinchlik rejasi haqida eshitib, shampan ochishgan bo‘lsa kerak», dedi. Bu, shubhasiz, tarixiy lahza edi – nafaqat Moskva uchun, balki butun dunyo uchun ham.

Putin aniq va ochiq tarzda Tramp 2020 yilgi saylovda g‘alaba qozongan deb ta'kidladi. Bu rostmi-yo‘qmi – ahamiyati yo‘q. Chunki Putin Trampning shaxsiy qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan har qanday kishiga yaxshilik qilishini biladi.

Nega unda Tramp va uning tarafdorlari Zelenskiyga bunchalik qattiq bosim o‘tkazmoqda? Bu qisman uning buyruqqa itoat etmayotgani bilan bog‘liq – masalan, muzokara stoliga qayta o‘tirish va AQShga Ukrainadagi strategik minerallarga kirish imkonini berish borasida kelishuv tuzishni istamasligi bilan.

Shu bilan birga, Tramp Zelenskiyni bu uch tomonlama o‘yindagi eng zaif bo‘g‘ini deb hisoblaydi. Putinga bosim o‘tkazish mumkin emas, lekin Zelenskiyga mumkin.

Tramp uchun esa bitimning mazmuni emas, balki «bitim borligi» muhim. Hatto bu Ukraina uchun nohaq bo‘lsa va Rossiya kelajakda yana urush boshlashi uchun yo‘l ochib bersa ham.

Britaniya va Germaniya diplomatlari Trampning Rossiyani muzokara stoliga olib kelish uslubidan qattiq norozi. «Uning qo‘lida ikki kuchli karta bor edi,» dedi menga ulardan biri.

«Birinchi karta – Rossiyaning xalqaro izolyatsiyasi. Putin Amerika bilan muzokara o‘tkazish uchun ko‘p narsalarga rozi bo‘lar edi – lekin Tramp undan hech qanday yon bosh berish talab qilmadi. Ikkinchi karta – Ukraina NATOga qo‘shilishi haqidagi masala. Tramp bu borada qattiq turib, Putindan ko‘plab imtiyozlar olishi mumkin edi. Ammo u muzokaralar boshlanmasidan avval bu kartalarini tashlab yubordi.»

Biroq, Tramp hokimiyati uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. 2026 yil noyabr oyida AQShda oraliq saylovlar o‘tkaziladi. Agar demokratlar Kongressning kamida bitta palatasini qo‘lga kiritsa, Trampning hozirgi hokimiyati sezilarli darajada zaiflashadi.

Agar Putin Ukrainada g‘alaba qozonsa, 2025 yil dunyo tarixida uzoq muddat esda qoladi – hamma narsa o‘zgargan yil sifatida.

Tag‘in o‘qing
17 september 2018
Ikki janjal ortidan ijtimoiy tarmoq qahramoniga aylangan Sherzod Qudratxo‘jaev 17 sentyabr kuni tanqidlarga javob berdi. U rus ayoliga: «Uyat! ...
17 june 2016
80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist ...
15 august 2025
O‘zbek mediyasida yangi «mo‘jizaviy» dori reklamasi urchidi. Milliy drama teatri aktyorlaridan tortib, bit tanimas blogerlar ham zo‘r berib Fitodiabetik ...
16 june 2024
Fazliddin Madaliev “Fazliddin Madaliev” fermer xo‘jaligi rahbari. U 17 gektar yerga g‘alla ekkan edi.Markaziy Farg‘ona cho‘llarida joylashgan ekin maydonlarida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...