Asosiy mavzular
6 may 2025

Ilonga oshiq o‘zbeklar

Yaqinda o‘zbek ommaviy axborot vositalarida AQSh mulozimi Ilon Maskni nima kuldirgani haqida xabar tarqaldi.

Go‘yoki Ilon aka AQSh paxta yetishtiruvchi o‘zbek fermerlarini moliyalashtirayotganini eshitib kulib yuborgan.

O‘zi nega kuluvdi bu ilon?

Xolat AQSh mehnat vazirining Amerika byudjeti uchun 350 million dollar iqtisod qilingani haqidagi hisoboti paytida sodir bo‘ldi.

Ushbu mablag‘ turli mamlakatlarda (faqat O‘zbekistonda emas, buni ko‘plab o‘zbek OAV noto‘g‘ri tushungan) mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarga ajratilgan edi.

Ilon Mask rahbarlik qiladigan departament, Amerika xalqi boshqa davlatlardagi mehnat sharoitini yaxshilash uchun 350 million dollar sarflashga hojat yo‘q, degan qarorga kelib, barcha dasturlarni bekor qildi.

Ushbu mablag‘dan 2 million dollar Amerikadagi nodavlat tashkilotlar — Solidarity Center (Solidarlik Markazi) va Center for International Private Enterprise (CIPE — Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi)ga O‘zbekistondagi paxta sohasida mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan edi.

Yer yuzidagi eng boy odam esa fermerlar mehnat sharoitini yaxshilashdek «ahmoqona» ishlarga pul sarflash mumkinligidan kulib yubordi.

Bu aqli joyida bo‘lmagan taryak xidlab majlisga kirib o‘ziga bino qo‘yaadigan nartsiss shovvozning (yoki u bilmasligi mumkin, ammo ehtimol, shunchaki e'tibor ham bermaydi), ayrim davlatlar har yili kuzda butun mamlakatni mehnat lageriga aylantirishidan xabari yo‘q.

Bunda qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan odamlar majburan paxta terimiga yuborilardi — paxta yetishtirish xarajatlarini kamaytirish uchun.

Grantning bekor qilinishiga oid fikrlar orasida yana bir e'tiborli jihatni ko‘rdim.

Ko‘pchilik o‘zbek sharhlovchilar ajratilgan mablag‘lar foyda keltiradi, deganga ishonmaydi.

Asosiy izohlar “endi navbatdagi Londondagi kvartirani kim sotib oladi?” kabi shaklda bo‘ldi.

Bu o‘zbeklarning korruptsiyani qanday qabul qilishini va rahbarlariga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi.

Odamlar xalqaro loyihalardan kelayotgan pullar adolatli ishlatiladi, deb ishonmaydi.

Hatto bunday fikrga qarshi dalil bo‘lmasa ham ishonishmaydi.

Chunki ular bu mamlakatda yashashadi va atrofida gullab-yashnayotgan korruptsiyani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi.

Ular faqat zaxarli ilonga ishonishadi. Xuddi Maugli multfilmidagi ko‘lvor ilon gipnoz qilgan maymunlar kabi.

Tag‘in o‘qing
9 february 2021
Gulnora Karimova “ishlab topgan” pullarini O‘zbekistonda saqlamadi. Ular Frantsiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Malta, Lyuksemburg, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va ...
1 january 2018
Joriy prezident Mirziëev 22 dekabrdagi nutqida, o‘tgan 25 yil qaytib kelmasin, deya fe'lan Karimov merosini axlatga uloqtirdi. Ijtimoiy tarmoqning ...
18 june 2025
Bugun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” tashkiloti “Qora bulut: Mirziyoev O‘zbekistonida so‘z erkinligiga joy yo‘q” nomli hisobotni e'lon qildi. ...
6 october 2020
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning kichik majlislar zalida 3 oktyabr kuni o‘zbek kinorejessyori Jahongir Qosimov suratga olgan «Ibrat» filmining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...