Catira
23 october 2025

O‘zbeklar uchun «o‘rischa chiqish» qilgan raxbar

Bugun  Hayot Bank  tomonidan tashkil etilgan bir  tadbirda qatnashdim.  tadbir boshdan-oyoq sharmandagarchilik bilan o‘tdi. Anikrog‘i bunga befarq bo‘lmagan odamlar uchun shunday bo‘ldi. 

 Tadbir O‘zbekiston respublikasining chekka bir hududida emas, O‘zbekiston davlati poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. «Ashxabod» bog‘ida.  

Unda bank raisi deb aytilgan odam  o‘ris tilida shunaqa bir xunuk gapirdi.  Albatta u o‘ris tilida chiroyli, ravon va aniq gapirishga majbur emas. Lekin negadir o‘zini majburlab amallab o‘ris tilida so‘zga chiqdi, nutq so‘zladi, gapirdi. Uz TV dagi diktor va jurnalistlarning yangi o‘zbekcha so‘zi bor:-«Chiqish qildi». 

Yaxshiyamki auditoriya o‘rislar emas edi.  80-90 foizi o‘zbeklar edi.  Xatto o‘zbeklar bo‘lmaganidayam u bir O‘zbek davlati muassasi bo‘lgan katta bir idora raxbari, O‘zbekiston fuqarosi. G‘ururi bo‘lmasayam davlat tiliga hurmati bo‘lishi kerak emasmi?!

Tadbir to‘liq o‘ris tilida bo‘ldi. faqat o‘rischa qo‘shiq, muzikalar bo‘ldi. Konkurslarda ham o‘ris tili, o‘ris qo‘shiqlarini bilganlar taqdirlandi. Nega O‘zbekistonda o‘zbek tili, o‘zbek madaniyati, o‘zbek qo‘shiqlarini bilguvchilar emas, o‘ris tili va qo‘shiqlarini bilguvchilar taqdirlanishi kerak?!

Tadbirda xizmat qilayotganlar ham ayni o‘zbek millati vakillari. Bu xatto boshqa millat vakillari bo‘lganida ham aslida talab o‘zbek tili va qo‘shiqlari bo‘lishi kerakmasmi?!

Biron bir til, millat, xalqqq xos tadbir bo‘lmasa agar. 

Faqat baraka topsin,  soat 10 boshlangan tadbirning yakunida soat 15 lardan keyin kelgan «Ko‘k choy» degan guruh ashulachisi (xonandasi deydimi)  men o‘zbek bo‘lmasamda lekin o‘zbek tilini o‘rganayapman deya asosan o‘zbekcha gapirib, o‘zbekcha  qo‘shiqlar aytdi. Nega o‘zimizning o‘zbeklarda o‘z ona tili, o‘z mustaqil davlati davlat tilini rivojlantirish, kuchaytirish, mustahkamlashga intilish, talab yo‘q ekan-a?!

Vohidjon Ibrohimov

Tag‘in o‘qing
7 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) SO‘ZBOShI O‘RNIDA Sof ...
18 may 2021
Samarqandda «Damas» avtomobili haydovchisi IIB xodimining o‘tish yo‘lini to‘sib to‘xtagan, davlat raqami 828 VSS bo‘lgan mashinasiga signal bergani uchun ...
24 april 2023
Bu yil O‘zbekistonda Yoshlar ittifoqi tashkilotining o‘tmishdoshi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topganiga 19 yil to‘ladi. Eski komsomol o‘rniga ...
17 september 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Xorazm  viloyatlaridan kelgan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...