Asosiy mavzular
31 october 2025

Toshkentlik kelinni eri va qaynonasi samosud qilib do‘pposladi

Eltuzga yetib kelgan videoda ayolninng eri va qaynonasi tomonidan tahqirlanib, kaltaklangani aks etgan. Toshkent shahar Shayhontohur tumanida olingan videoni jo‘natgan shaxsning aytishicha kelin eri va qaynona tomonidan samosud qilingan.

Videoni Eltuzga jo‘natgan shaxsning yozishicha, kelin qaynanasiga «O‘g‘ling menga alkogol ichirmoqchi bo‘ldi. Bolang bilan yahshamayman» degan. Shundan keyin uni qaynonasi do‘pposlab tashlagan.

Jismoniy zo‘ravonlik va tahqirlashlar kelinning besh kunligidayoq boshlangan va ba'zan uch soatlab davom etgan. Shuningdek uning bildirishicha, dastlab kelinning kaltaklanishiga kelinga berilgan to‘yana puli sabab bo‘lgan va kuyov bola bu pulni olib qo‘ygan. 

Qiz yaqinlarini chaqirib bu haqda aytganida esa, kuyov «qo‘limni uchini ham tekkizmaganman qizingizga» degan. Qiz «bu bola bilan yashamayman ortiq» deganida esa ota onasi «Yashaysan! Sharmanda bo‘lib qaytib kelma uyimizga!» deyishgan.

Shundan keyin ham janjal to‘xtamadi, 15 kunlik kelin ustidan qulflab qo‘yishdi. Kelin derazadan yordam so‘rab odamlarni chaqirdi. Biroq hech kim e'tibor bermadi.

«Uch soat davom etgan kaltak va tahqirlashdan so‘ng kelin qochayotib  pod'ezd zinasidan yiqildi va 102 chaqirishga muvaffaq bo‘ldi. 

«Shundan so‘ng ham Ziyo mahallasining Farhod ismli loqayd uchastkovoyi ishni yopdi» deydi voqea guvohi.

Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklarning 60 foizdan ortig‘i yaqin qarindoshlar tomonidan amalga oshiriladi, va (2021 yilgi ma'lumotlarga ko‘ra) salkam 5920 ta holatda zo‘rlik ishlatuvchi shaxslar o‘z erlari bo‘lib chiqqan.

OAV va ekspertlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda jamiyat zo‘ravonlikka nisbatan juda tolerant. Voqeada ko‘rsatilganidek, kelin derazadan yordam so‘raganda hech kim e'tibor bermagan. Uchastkovoy ishni yopib yubordi. Kuyovning kriminal o‘tmishi bilan ham hech kimning ishi bo‘lmadi. Dunyoda o‘zbek kelinidek qiymatsiz odam yo‘q.

Tag‘in o‘qing
22 april 2019
Ukraina saylovida shoumen Zelenskiyning g‘olib chiqqani o‘zbek hajvchisi va telegram blogeri Nozim Safarini o‘z kanalida «prezidentlik saylovchasi» o‘tkazishga undadi. ...
10 july 2019
Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti ...
16 september 2020
Prezident Mirziyoev imzolagan yangi qarorga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvaridan mehnat muhojirlariga soliqlar joriy etiladi.’ Qator o‘zbek nashrlarining yozishicha, ...
8 november 2023
Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan aëlning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi. Oybekning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...