Asosiy mavzular
27 december 2025

Sudyalar ishdan olindi, lekin tub muammolar o‘zgarmadi

Kuni kecha Eltuz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi va Sudyalar oliy kengashi qarori asosida Toshkent shahar sudining bir qator sudyalari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi. Rasmiy bayonotda sabab sifatida “odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzish” qayd etildi.

Bir qarashda go‘yo tizim ishlayapti, aybdorlar jazolanyapti. Ammo ushbu qarorlar ortidan kelib tushgan ma'lumotlar butunlay boshqa, ancha xavotirli manzarani ochib bermoqda.

Sud qarorlari sudda emas, “dokladda” qabul qilinayotgani rostmi?

Manbalarning aytishicha, O‘zbekiston sud tizimida yillar davomida shakllangan norasmiy, ammo barqaror amaliyot mavjud. Xususan, apellyatsiya, kassatsiya va hozirgi “taftish” instantsiyalarida ishlar sud majlisida emas, undan bir kun oldin hal bo‘ladi.

Amaliyot quyidagicha: apellyatsiya yoki kassatsiya hay'atidagi ma'ruzachi sudyalar ertangi ishlar bo‘yicha sud raisi yoki uning o‘rinbosariga doklad qiladi. Rais yoki zam esa “buni qanoatlantirasan”, “buni rad qilasan” deb aniq ko‘rsatma beradi. Sudya bloknotiga plyus yoki minus qo‘yadi. Ertaga bo‘ladigan sud esa, amalda, tayyor stsenariy bo‘yicha o‘tadigan spektakl xolos.

Qaror esa allaqachon qabul qilingan bo‘ladi.

Sudya mustaqilligi qaerda qoldi?

Qonunga ko‘ra, sudya mustaqil va faqat qonunga bo‘ysunadi. Ammo amalda qarorlar rais va o‘rinbosarlar nazoratida qabul qilinsa, bunday tizimni mustaqil sud deyish mumkinmi?

Agar Toshkent shahar sudida ishdan olingan sudyalar haqiqatan ham “ko‘rsatma bilan ishlagan” bo‘lsa, bu alohida shaxslarning emas, butun tizimning aybi. Agar esa ular mustaqil qaror qabul qilgan bo‘lsa-yu, rahbariyat “nega nazorat qilmading” degan bahona bilan jazolangan bo‘lsa, bu yanada xavfli pretsedent. Chunki bunday holatdan keyin har qanday yangi rais yoki zam o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun har bir ishni shaxsan nazorat qilishga o‘tadi.

Bu esa sudya mustaqilligining to‘liq barham topishiga olib keladi.

Viloyat sudlarida vaziyat yanada og‘ir

Manbalarga ko‘ra, Samarqand, Navoiy kabi viloyat sudlarida bu amaliyot azaldan shakllangan. U yerlarda ish taqdiri ko‘p hollarda sud majlisida emas, rais yoki o‘rinbosar kabinetida hal qilinadi.

Shu bois ayrim huquqshunoslar sud tizimida “rais” va “rais o‘rinbosari” degan lavozimlarni qisqartirish yoki tugatish taklifini ilgari surmoqda. Chunki hozirgi tizimda sudya davlat topshirig‘ini bajaradigan “robot”ga aylanib qolyapti.

Taftish instantsiyasi islohoti muammoni chuqurlashtirdimi?

2024 yil 1 yanvardan taftish instantsiyasi vakolatlari viloyat sudlariga berildi. Amalda esa bu oliy nazorat mexanizmini zaiflashtirdi. Statistikaga ko‘ra, yuqori instantsiyalargacha yetib borgan har 1000 ta shikoyatdan atigi 1 tasi Oliy sudda mazmunan ko‘rib chiqilyapti.

Bu degani, amalda oxirgi instantsiya – viloyat sudlari bo‘lib qoldi. Bu esa sud qarorlari uchun mas'uliyat hissini susaytiradi.

Islohot bo‘lmasa, tizim “portlaydi”

Prezident avgust oyida regional taftish sudlari joriy etish zarurligi haqida gapirgan edi. Ammo hozirgacha bu borada aniq qadamlar ko‘rinmaydi.

Agar sud tizimida haqiqiy mustaqillik, haqiqiy nazorat va haqiqiy ochiqlik ta'minlanmasa, bu muammo erta yoki kech jamiyatda jiddiy portlashga olib keladi, deya ogohlantirmoqda mutaxassislar.

Kecha bir necha sudya ishdan olindi. Lekin agar tizim o‘zgarmasa, ertaga ularning o‘rnini boshqalar egallaydi. Qoidalar esa o‘sha-o‘sha qolaveradi.

Tag‘in o‘qing
26 november 2023
kun.uz muxbiri Bobur Akmalov tolibon formatidag propaganda bilan shug‘ullanib xotin qizlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi kafolatlagan huquqiga shak keltirmoqda. Menimcha u ...
21 january 2016
O‘zbekistonda fonogrammaga og‘iz qimirlatadiganlar ham «Xalq artisti» unvonini sotib olaëtgani borasida e'tirozlar bor. «Unvon sotish» jaraëni rassom Elesevar uchun ...
7 october 2020
Jeenbekov hukumatining hayratlanarli darajada tezkor ag‘darilishidan so‘ng bir qator savollar tug‘iladi. Ulardan eng muhimi – ikkita: Endi nima bo‘ladi? ...
3 july 2020
Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilishmi? O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...