Asosiy mavzular
11 january 2026

Bojxona boshlig‘i $5000 pora bilan qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyat chegara bojxona posti rahbari tadbirkordan 5000 dollar pora olayotganida qo‘lga olindi

Rasmiy xabarlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatidagi chegara bojxona postlaridan biriga rahbar etib tayinlangan shaxs o‘z mansab vakolatlarini suiiste'mol qilib, jinoyatga qo‘l urgani bildirilmoqda.

Muqaddam chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun sudlangan shaxs sobiq post rahbariga Qirg‘izistondan uyali aloqa telefonlarini olib o‘tish va katta foyda ko‘rish taklifini bergan.

Mansabdor shaxs 80 dona telefonni hech qanday tekshiruv va bojxona to‘lovlarisiz ichkariga o‘tkazib berish evaziga 5000 AQSh dollari hamda bitta telefon apparatini sovg‘a sifatida talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, u Farg‘ona tumanining «Mindonobod» mahallasi hududida so‘ralgan pul va telefonni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (Pora olish) bilan aybdor deb topildi.

Unga 3 yil muddatga bojxona tizimi va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Rasmiy manbalar tomonidan ushbu holat sog‘lom tadbirkorlik muhitiga putur yetkazishi va davlat iqtisodiyotiga zarar keltirishi ta'kidlanmoqda.

Tag‘in o‘qing
11 december 2017
9 dekabrdan Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gaz tarmog‘idan butunlay uzish boshlandi. Gaz idorasi nazoratchilari kafema-kafe yurib, ularning ...
16 april 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining, 2-qismi audioversiyasini taqdim etadi. Kitobning bu qismida muallif Koson ...
2 june 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 53-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) MUSIQA HAROMMI? Buyuk hofiz Komiljon Otaniyozning ...
18 december 2025
Sentrum holidays firmasi Umrachi  mijozlarga 14 kunlik komfort tur paket sotgan. Sayyohatchilar Madina shahri ziyoratgohlariga yaqin mehmonxonada emas,  boshqa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...