Asosiy mavzular
13 january 2026

Tailandda rus kemasi halokatga uchradi

11 yanvar kuni Tailandning Andaman dengizida, aniqrog‘i Pxi-Pxi orollari yaqinida turistlarni olib ketayotgan Rossiya kemasi halokatga uchradi. Sayyohlik kemasi baliqchilar kemasi bilan to‘qnashib ketgan va oqibatda rus kemasi suvga g‘arq bo‘lgan.

Rossiyaning Pxuketdagi bosh konsulligi va mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra kema bortida jami 52 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida Rossiyaliklardan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kemada bo‘lgan jumladan 4 nafar o‘zbekistonlik tirik qolgan va ularga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Halokat oqibatida qurbonlar borligi va turli darajadagi jarohat olgan 20 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularga Rossiyaning sug‘urta shirkatlari tovon puli ajratishi kerakligi aytilmoqda.

Hozirda Tailand rasmiylari voqea yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda. To‘qnashuvning asosiy sabablari sifatida rus kemasining texnik nosoz bo‘lgani bildirilmoqda. 

Tag‘in o‘qing
10 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 25-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
11 october 2017
Bobomurod ishi, no‘noq rejisser sahnalashtirgan, biroq chinakam jallodlar ishtirokidagi qonli teatrni eslatadi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sobiq mulozimi, hozirda ...
18 september 2017
Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan. Mana dopustim, tasavvur qiling ...
27 september 2017
Prezident Mirziyoev va'dalariga ishonib vatanga qaygan dissident yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurullox Muhammad Raufxon)ning, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida hibsga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...