Document UZ
15 january 2026

Bursada jiyanini garovga olib, opasini pichoqlagan o‘zbek qo‘lga olindi

O‘zbekiston fuqarosi Mehrali P. politsiya amaliyoti chog‘ida qo‘lga olindi. To‘rt soat davom etgan ko‘ndirish ishlaridan so‘ng u taslim bo‘ldi.

Turkiyaning Bursa shahrida 5 kun avval jiyanini garovga olib, opasini pichoq bilan yaralagan holda qochib ketgan O‘zbekiston fuqarosi Mehrali P. (26) bugun oilasining uyiga kelgan paytida politsiya tomonidan o‘tkazilgan amaliyot natijasida qo‘lga olindi. Politsiyani ko‘rgach, eshikni qulflab olgan va balkonda qo‘lida pichoq bilan o‘ziga zarar yetkazgan gumonlanuvchi, xodimlar tomonidan ko‘ndirilib, qo‘lga olindi.

31 dekabr kuni qamoqxonadan ruxsat bilan chiqqan O‘zbekiston fuqarosi Mehrali P., bir kundan so‘ng opasi N.P. (32)ning Yildirim tumani Akchag‘layan mahallasi, 1-inchi O‘zlyuje ko‘chasidagi uyiga borgan. N.P. ukasining giyohvand modda iste'mol qilayotganidan shubhalanib, uni onasining uyiga yuborishni istagan. 

Opasiga jahli chiqqan Mehrali P. oshxonadan non pichog‘ini olib, jiyani B.G. (3)ni garovga olgan. Ukasiga aralashmoqchi bo‘lgan N.P. qo‘lidan yaralangan. Opasining jarohat olganini ko‘rgan Mehrali P. jiyanini qo‘yib yuborib, qochib ketgan. Shifoxonaga borgan N.P. davolanishdan so‘ng ukasidan shikoyat qilgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari Mehrali P.ni qo‘lga olish bo‘yicha ish boshlagan.

4 SOATDAN KYeYIN TASLIM BO‘LDI

 Mehrali P. aynan shu ko‘chada yashovchi oilasining uyiga borgani haqida ma'lumot olgan xodimlar soat 12:00 atrofida manzilga yetib borgan. Politsiyani qarshisida ko‘rgan Mehrali P. kvartira eshigini qulflab, taslim bo‘lishdan bosh tortgan. Pichoq olib balkonga chiqqan gumonlanuvchi o‘ziga zarar yetkaza boshlagan. Shundan so‘ng manzilga o‘t o‘chiruvchilar, tibbiyot xodimlari va Maxsus harakatlar politsiyasi chaqirilgan. Taxminan 4 soat davom etgan ko‘ndirish ishlaridan so‘ng Mehrali P. harakatlarini to‘xtatib, politsiya nazorati ostida tibbiyot xodimlariga topshirilgan.

Hodisa bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Tag‘in o‘qing
28 september 2017
28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni ...
19 june 2017
Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi yig‘ilishida sudyalarning poraxo‘rligini keskin tanqid qildi. «Do‘kon emasku bu, bir soatda yuz dollar, ikki ...
13 august 2019
Taniqli janob Allamjonov rahbarlik qiladigan O‘zbekiston Prezidenti ma'muriyati huzuridgi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tag‘in ayblovlar bilan «Ozodlik»ka xuruj ...
20 june 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng muhim hujjatni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...