Dayjest
29 february 2016

Berilmayotgan maoshlar, gapirilmayotgan haqiqat va yolg‘onlar tegirmoni

O‘zbek gazetalarini o‘qirkan, tag‘in tashviqot pardasi ortidagi jamiyat muammolar, vaqtida berilmayotgan ish haqi, matbuotda urchiyotan yolg‘onlar, sinayotgan korxonalar va hatto bolalar bog‘chalarida pasport rejimiga oid taftishlar o‘tkazilayotgani ko‘zga tashlanadi.

Nahotki ish haqi vaqtida berila boshlasa? Ishonmay turing!

Norma.uz internet nashrida o‘tgan yili Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va boshqa tashkilotlarga ish haqi, nafaqa va stipendiyalar, ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirgan bankning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi jinoiy javobgarlikka tortilishini ko‘zda tutishini ma'lum qildi.

Ammo bunga ishonib endi hamma ish haqini vaqtida olar ekan, degan xayolga bormang. Chunki yangi qo‘shimchalar bank iqtisodiy yoki boshqa (masalan, pul mablag‘larini inkassa qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar bajarilmagani) sabablarga ko‘ra mazkur majburiyatni bajarishga qodir bo‘lmagan taqdirda uning mansabdor shaxslari va xizmatchilari javobgarlikka tortilmasligini ham ko‘zda tutadi.

Bu esa ish haqini vaqtida olaman, deb ovora bo‘lmaslikni anglatadi. Chunki naqd pul muammosi dolzarb bo‘lib turgan O‘zbekistonda banklar ish haqini vaqtida bermaslik uchun asosli bahona topa olishi sir emas.

O‘zbekistonda ish haqi o‘z vaqtida berilmayotgan tashkilotlar soni kun sayin oshib borayotgani ham shundan dalolat beradi.

Yoshlarni aldamaymiz, deb kimni aldayapmiz?

“Xalq so‘zi” gazetasi “sog‘lom tafakkur – taraqqiyot omili” ekanini da'vo qilar ekan, prezidentning 1990 yil 5 iyunda aytgan so‘zlaridan iqtisos keltiradi.

Mana o‘sha iqtibos: “Yoshlarga faqat haqiqatni gapirish kerak. Quruq so‘zlar, safsatalar ularning me'dasiga tekkan. Yoshlarning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchini tiklash vazifasi biz uchun juda muhimdir”.

Bugun O‘zbekistonda har sohada yolg‘on hukmron ekani ko‘p aytiladi. Hatto yolg‘on gapirmaylik deb turgan maqola muallifi ham darhol yolg‘on yoza ketadi.

“O‘zbekistonda ijtimoiy adolat taraqqiyotning amalda o‘zini oqlagan, yorug‘ istiqbolimizni belgilab bergan yuksalish yo‘li – “o‘zbek modeli”da o‘z ifodasini topgan”, deydi muallif.

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” bugun mamlakatni qanday ahvolga solganini xalq o‘z taqdiri misolida ko‘rib turibdi.

NTTlar davlatdan milliardlab so‘m mablag‘ oladi

“O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining sifat va miqdor o‘zgarishlari” mavzusida konferentsiya o‘tkazilgani haqida xabar bergan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi davlat nodavlat tashkilotlarga milliardlab so‘m mablag‘ berayotganini ma'lum qiladi.

Yozilishicha, so‘nggi 8 yil mobaynida NTT, OAV va fuqarolik jamiyatlari boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat byudjetidan 47,7 milliard so‘m sarflangan.

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakilasi Myusha Sever esa “O‘zbekiston fuqarolik jamiyati qurish, xususan, bu jarayonda NNTlar, siyosiy partiyalar, OAVlar faoliyati samaradorligini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishayotgani”ni aytib, yolg‘on tegirmoniga yanada ko‘proq suv quyadi.

Hukumatdan pul oladigan NTT va OAVlar nega uning chizgan chizig‘idan chiqmayotgani sababi balki mana shu mablag‘larda emasmikin?!
Minglab kichik tadbirkorlar singani e'lon qilindi

“XXI asr” gazetasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat prokuraturasining axboroti eshitilganini xabar qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunda viloyatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 15 ming 375 ta kichik tadbirkorlik sub'ektining 1779 tasi tugatilgan, 1532 tasining faoliyati to‘xtatilgan.

Bu raqamlar viloyatdagi jami kichik tadbirkorlik sub'ektlarining qariyb chorak qismi singanini anglatadi.

Buni pasport rejimi deydilar…

“Qadriyat” gazetasi Guliston shahrida pasport rejimini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid ma'lumotlarni e'lon qildi.
Maqolada yozilishicha, 2015 yilda shahardagi 10 mingga yaqin ob'ekt, 4 mingdan oshiq hovli, qariyb 5,5 mingta xonadon, bundan tashqari, yuzlab mehmonxonalar, yotoqxonalar, korxona va tashkilotlar, bozorlar, bolalar bog‘chalari (!) da pasport rejimi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Pasport rejimi qoidalarini buzganlardan esa jarimalar undirilgan. Xususan, fuqaro Ravshan G‘aniev chet el fuqarolarini qabul qilish tartibini buzib, ularga yashash imkoniyatini yaratib bergani uchun 2 million 368 ming so‘mlik jarimaga tortilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 december 2021
Kun chiqdi. Kun botdi. Oldingi spichdan keyin roppa-rosa 6 marta tong otdi. Eng uzun yaldo tuni ham ortda qoldi. ...
9 january 2026
Eltuz eksperti Bahodir Fayzi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi va Nyu-York qamoqxonasiga tashlanishini ...
24 december 2023
ossiyaning Sankt Peterburg shahrida politsiya O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘lini hibsga olgan. Doniyor Mamajonov O‘zbekistonda juda ko‘p miqdorda toavlamachilik bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovdan yashirinib yurganligi aniqlangan. ...
17 february 2016
Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...