Kundalik
20 october 2015

«Paxtalik» maqollar

Paxta qo‘yguncha paxta ter.


Beva xotinning tushiga er kirar,
Xasharchining tushiga — paxta.


Xasharchining go‘shti harom,
Mehnati — halol.


Aqllik paxta terar,
Aqlsiz pul topar.


Bulbul chamanni sevar,
O‘zbek — paxtani.


Kursdoshingni paxtasi bilan boy bo‘lguncha,
G‘o‘zapoya terib gadoy bo‘l.


Eringan qiz erdan qolar,
Eringan terimchi terimdan.


Beli og‘rimaganni non yeyishini ko‘r, paxtaga chiqmanganni internetda o‘tirishini ko‘r.


O‘ldirsa ham, paxta o‘ldirsin.


Paxtadan kelsa boylik, turmush bo‘larmish chiroylik.


Topgan paxta keltirar, topmagan bir piyoz


Otang paxta, onang paxta.


Talaba yotsa soyada,
paxta qolar poyada.


Yeringdan bir parcha qolsa ham paxta ek, umringdan bir kun qolsa ham paxta ek. (Bu maqol fermerlarga qarata hokim tomonidan aytilgan)


Yordan ayrilsang ham, paxtadan ayrilma.


Zar qadrini zargar bilar, paxta qadrini tergan bilar.


Izlagan olim bo‘lar,
Olim bo‘lgan — paxta terar.


Birovning yurtida bek bo‘lguncha,
O‘zingning yurtingda paxta ter.


Otangni bog‘u-rog‘i bilan qolguncha onangni paxtazori bilan qol.


Chopiqda yo‘q, terimda yo‘q, imtihonda hozir. (Paxtaga chiqmagan talabaga o‘qituvchi tomonidan piching)


Kelinni kelganda ko‘r, paxtani terganda ko‘r.


Yoridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,
paxtasidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.


Ozonda sho‘rva, kechda sho‘rva,
terimchining bo‘ynida to‘rva.


Holvani hokim yeydi, makaronni talaba.


Teshik idish suvda bilinar,
Teshik etak — paxtada.


Paxtazorda makaron yegan talaba yanagi yil qaytib keladi.


Ish biluncha gap bil, «kamolot»chi bo‘lsang paxta ter.


Talabalik paxtasi bilan go‘zal.


Er ko‘rki soqol, yer ko‘rki paxta.


Baliq suv bilan tirik,
O‘zbek — paxta bilan.


Ko‘rpang qaerda bo‘lsa, paxtang o‘sha yerda.


Akmal Nabiev,
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 june 2016
«Avval bizga uch nafar nomzod ko‘rsatiladi, deyishgandi», – deydi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi saylovda ishtirok etgan mahallalarda yashovchi mo‘ysafid. ...
4 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
3 may 2019
O‘zbekistonda Moskva rasmiy nuqtai nazarini targ‘ib qiluvchi Vesti.uz sayti  30 aprel kuni 18 nafar madaniyat arbobi imzosi ostidagi rus ...
5 january 2026
Siz qila olmaydigan narsalar, qila oladigan ishlaringizga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymang. 
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...