Kundalik
21 october 2015

Internetsiz o‘tgan bir kun

Bir kun internetsiz yashadim. Yashasa bo‘lar ekanu, ammo juda qiyin, judayam qiyin.

Kecha kechki payt ishdan kelib noutbukni yoqsam internetga ulana olmadim, antenna yo‘q edi, texnik nosozlik bo‘lsa kerak.

To‘g‘risini aytish kerak men bechora taqdirning bundan kutilmagan zarbasiga tayyor emasdim. Boshida qayta-qayta urinib ko‘rdim ulanishga, harakatlarim befoyda ketdi, keyin sarosimaga tushib qoldim, xuddi qolgan umrim davomida internetsiz o‘tib ketadigandek. Keyin sekin asta ko‘nika boshladim bu musibatga (har holda irodali insonman).

Negadir yotib uxlasam bu musibatni unutadigandek sezdim o‘zimni. Endi uxlashga yotaman deb turgandim yonimdagilardan bittasi futbol borligini eslatib qo‘ydi.

Necha yillardan buyon televizor ko‘rmay qo‘ygandim, televizor chang bosib ketgandi. Bir o‘tmishni eslagim kelib televizorni qo‘ydim (rosti shu paytgacha televizorim borligini unutib ham qo‘ygan ekanman). Ko‘p yillardan buyon birinchi marta futbolni oxirigacha ko‘rdim, qiziq bo‘lar ekan («nostalgiya» deb qo‘yisharmidi nospurushlar?).

Keyin so‘nggi marotaba imnternetga ulanishga urinib ko‘rdim (futbol ko‘rish davomida ham bu yumushni to‘xtovsiz qaytarib turgandim), bo‘lmadi baribir, uxlashga yotdim.

Ertalab turib birinchi qilgan ishim yana tekshirib ko‘rish bo‘ldi, afsuski iloji bo‘lmadi. Tushlik payti ham bir bor urinib ko‘rdim, bo‘lmadi. Ovqatlanib olgach ishga chiqib ketishdan avval so‘nggi marta harakat qilgandim kutilmaganda ulanib turibdi-yu.

Endi holatimni ko‘ring, na quvonishimni bilmayman, na xafa bo‘lishimni. Internetga ulanganim bilan vaqtim yo‘q, noutbukni qayta o‘chirib ishga chiqib ketdim.

Kechgacha vaqt o‘tishi juda qiyin bo‘ldi. Xayolimda internet, ishqilib yana yo‘q bo‘lib qolmasa bo‘lgani degan hadik ham yo‘q emas.

Ishdan kelgach, tekshirib ko‘rsam hammasi joyida. Mana hozir televizorda yana futbol bo‘lmoqda, menga nima qizig‘i bor futbolni?

Shu joyida Afrikaning qaeridadir internet yetib bormagan joylari borligini o‘ylab tinchligimizga va farovonligimizga shukur qilib qo‘ydim.

Yashasin internet!

Anvar Nabiev,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 december 2025
Furqat tumani IIB xodimlarining o‘zlarini sharmanda qilib chiqargan  videosiga Gulira'noning o‘zi izoh berdi.
16 august 2019
Mana, hayit ham o‘tdi. Bor tovog‘im – kel tovog‘im tugab, kundalik tashvishlarga qaytdik. Haët tabrik otkritkalaridagi kabi rang-barang emas.  ...
26 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. ...
7 october 2015
Qudrat Bobojon www.eltuz.com Kecha tushimga Shukrullo domla kiribdi. U kishi bilan hayotda faqat bir marta muloqot qilganman. U ham ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...