Multimedia
4 december 2016

Ketmonov o‘ziga ovoz berdi

4 dekabr kungi saylovda qatnashgan Xalq Demokratik Partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov saylovda qatnashib o‘ziga ovoz berganini matbuotga aytdi.

rasm2063
Salim Abduvaliev Mirziyoevni «Moy prezident» demoqda

«Adolat» partiyasining vakili Narimon Umarov ham o‘ziga ovoz berganini bildirdi.

Faqat Milliy Tiklanish partiyasining nomzodi bu savolni ochiq qoldirdi.

Saylovda Bosh vazir nomzodi uchun kurashayotgan O‘zLiDYeP partiyasi faollaridan tashqari, unga muqobil nomzodni ilgari surgan boshqa partiya vakillari ham Shavkat Mirziyoev nomzodi targ‘iboti bilan shug‘ullanishgani ma'lum bo‘ldi.

 

«Milliy tiklanish» partiyasining faollaridan biri shoira Salomat Vafo ham Shavkat Mirzieevga ovoz berganini oshkora qildi.

Ijtimoiy tarmoqda saylov kuni xitga aylangan videotasvirlar paydo bo‘ldi. Bunda bir gurux ayollar, jo‘shqin bir qo‘shiq motiviga raqsga tushishadi. Bu video qaerda va qachon olingani bizga ma'lum emas, biroq bayram qilayotgan ayollar raqsi fonida kuylayotgan o‘zbek xonandasi qo‘shig‘i satrlari juda ta'sirli.

rasm2064
«Milliy Tiklanish» partiyasidan Salomat Vafo ham UzLiDep partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoevga ovoz berishga chaqirdi

Ochilar ekan tosh, yorilar ekan bosh
Yolg‘iz hiyonatning dastidan
Yolg‘oni bo‘lib fosh, ko‘zimdan oqar yosh
Yolg‘iz hiyonatning dastidan
Faqat uni saylab, hammadan avaylab
Juda-juda qattiq adashdim
Oqardi sochim, yorildi boshim
Juda-juda qattiq adash-di-im!

Ijtimoiy tarmoqda shuningdek, xalq orasida kriminal avtoritet sifatida tanilgan O‘zbekiston Milliy sport kurashi federatsiyasi prezidenti  Salim Abduvalievning Shavkat Mirziyoev aksi tushirilgan futbolka kiygan rasmlari paydo bo‘ldi.

Saylov uchastkalari yaqinida Shavkat Mirziyoev rasmi va uning tagida qora harflar bilan «Moy prezident» degan yozuv yozilgan oq futbolkalar sotilgan.

Uchastkalarda, saylovchilarga shuningdek gul va konstitutsiya tarqatilgani ham Shavkat Mirziyoevning qay yo‘l bilan hukumat tepasiga kelganini esga soladi.

Eslatib o‘tamiz, xalqaro tamoyillarga ko‘ra, mamlakatda erkin matbuot va real siyosiy muxolifat bo‘lgan taqdirdagina saylovlar erkin va adolatli o‘tgan hisoblanadi…

Videoning Youtube kanalidagi linki: https://youtu.be/TcTiAIeuS9I
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 october 2023
O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi talab qilingan bu kadrlarni mening aziz do‘stim marhum Abdulaziz aka Mahmudov suratga olganida men ...
27 july 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
25 july 2016
Birinchi vidik rasmini ko‘rganimda fizika matematikaga moslashgan maktabning ikkinchi sinfida o‘qirdim. “Radio” degan jurnalning 1967 yilgi ikkinchi sonini xozir ...
29 november 2025
Rossiyaning yangi muzyorar kemalarini qurish rejasi barbod bo‘ldi, chunki xorijiy uskunalarni almashtirish juda qimmatga tushmoqda. «Rosmorport» 23620-loyihasidagi ikkita kemadan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...