UzPoster
2 january 2026

Rossiyaga FSB xodimlarining o‘zbek fuqarosini o‘ldirishi yuzasidan nota yuborildi

Rossiyaning Xabarovsk shahrida O‘zbekiston fuqarosining OMON tomonidan kaltaklanishi oqibatida o‘lgani yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi rasmiy notani taqdim qildi.

Holat O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan. Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Fuqaroning jasadini Vatanga qaytarish ishlari olib borilmoqda. 

Manbalarga ko‘ra, voqea 12 dekabrda Xabarovskda sodir bo‘lgan. Kuchishlatar tuzilmalar vakillari kafelardan birini sababsiz bostirib kirib, u yerdagi o‘zbekistonliklarni ayovsiz kaltaklagan.

Natijada ikki fuqaro boshidan jiddiy jarohat olib komaga tushgan, ularning qo‘l-oyoqlari sindirilgan. Komaga tushganlardan biri bir necha kundan keyin vafot etgan. Yana bir o‘zbekistonlik hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda.

Tag‘in o‘qing
25 november 2025
SSSR tarixidagi o‘zbek rahbarlardan biri Rashidovning nutqlarini eshitib ko‘ring. Yutubda bor. Aktsent bilan gapirgan o‘rischani.  Undan keyingi avlod uchun ...
3 june 2024
1 iyun Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkentning Ashxobod bog‘ida tekin muzqaymoq tarqatilishi haqida e'lon berilgani ortidan Istirohat ...
27 february 2019
«O‘zbekkontsert» «Bravo» va Halimaning litsenziyalarini bekor qilibdi. Hechqisi yo‘q, «O‘zbekkontsert»ning 3-4 ta tadbirida bepul qatnashib berishsa, sekingina hech kimga ...
30 july 2019
Karlovi Vari o‘zbek amaldorlari va ularning banditlari uchun sevimli maskan. 2015 yilning yozi issiq keldi. Sobiq bosh o‘zbek menti ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...