UzPoster
18 december 2018

Andijonlik pistachi «tabib»ni yutuberlar firibgar deya qoralashdi

O‘zini tarmoqda «tabibi mutlaq Hasan domla» deya tanitib,  minglab kasallarni faqat asal va pista bilan davolashga urinayotgan, o‘zida Iso payg‘ambarga berilgan xislat borligini da'vo qilayotgan shahrixonlik Hasan Ismoilov ijtimoiy tarmoq blogerlari malomatiga qoldi.

Yutuber Shuhrat Musaev tabibni yolg‘onchi, uning videolariga Hasan Ismoilov bildirgan javoblar «tufta» ekanini bildirdi.

«O‘zbekistonda bormagan «jinkashim» qolmagan. Hammasi apiris… Keyin asalingizga nima qo‘shib berasiz sotayotganingizda, savolga javob bera olasizmi? Fokus-mokus, abrakadabra-shvabra – kerakmas unaqa narsa…», deydi Musaev o‘z chiqishida.

Musaevning shakar qiyomini «asal» deb sotayotgan «domla»ning g‘irrom biznesi haqidagi fikrini davom ettirib, Iskandar Makedonskiy niki ostida tanilgan boshqa bloger ham uni ochiqchasiga «sharlatan», unga borgan bemorlarni esa haqiqatan «aqldan kamchiligi borlar», deb ataydi.

«Qo‘llarini mundog‘ «shaolin» qilib kasallarni davolayotgan tabibning gaplariga quloq soling-da, «Miyadan belga beradi», «Miyadan ko‘tga beradi», «…ga beradi»… Bir ayol e'tiroz bildirdi, «Jigarchi?», «Jigar normalno», «Axir mening jigarim…» deb qo‘llari bilan ko‘rsatyapti, u bo‘lsa yana, «Siz indamangda, aytdim-ku miyadan belga beradi, buyrakka beradi», deb gapni obqochyapti», deydi Makedonskiy.

Hasan Ismoilov o‘z harakatlariga ta'rif berarkan, buni Iso payg‘ambarga berilgan xislat, deydi:

«Xuddi bizga o‘xshab silash yoki mash deydi-da buni. Bu xislat yana 12 ta avliyoga berilgan edi», deya qo‘shimcha qilib Ismoilov.

Hasan Ismoilovning yuzma-yuz muloqotga chiqishini so‘ragan surxondaryolik bloger Rustam Rahmonov esa 17 dekabr kungi chiqishida «tabibi mutlaq»ning ilgari diniy ekstremizm moddasi bo‘yicha qamalib chiqqaniga e'tibor qaratadi.

Blogerlarning bu kabi tanqidlarga javoban Hasan domla ham o‘z chiqishlari orqali «javob» qaytarib, ularni «kazzoblar», «shar'iy hukmlarga qarshi borganlar», deya ataydi.

Yana bir chiqishida esa uni tanqid qilgan Musaevning soqolini echkinikiga o‘xshatadi.

«Echkida ham soqol bor, lekin echki soqoliga siyadi», deya javob qaytaradi shahrixonlik Hasan Ismoilov o‘z tanqidchisi Musaevga.

Boshqa bloger Makedonskiy esa o‘z «javobi»da «asal domlaning kasali»ga Musaevning soqoli qanchalik daxldorligini tushunmasligini aytadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 september 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik noroziligiga ...
6 june 2022
1922 yilning 6 iyunida Xalq komissarlari kengashi dekretiga ko‘ra, Adabiyot va nashriyot ishlari bo‘yicha bosh boshqarma (Glavlit) tashkil etildi. ...
17 may 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
13 april 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (12.04) prezidentning pensionerlarga metroda yurishni (10.00 dan 16.00 gacha) tekin qilib qo‘yganidan «minnatdor» keksalarning «katta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...