UzPoster
14 january 2026

Bir yarim yilda 37 marta jarimaga tortilgan IIB boshlig‘i…

Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Bo‘riev Rahmatullo Xolbekovich 2024 yil noyabr oyidan 2026 yil yanvariga qadar unga biriktirilgan xizmat mashinasi – BYD Song-Plus DM-i-da 37 marotiba yo‘l-transport qoyidasini buzgan. 

Eltuz qo‘lga kiritgan rasmiy hujjatlarga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha jamoat xavfsizligiga mas'ul bo‘lgan asosiy shaxs o‘tgan salkam bir yarim yil ichida ja'mi 28 million 533 ming 400 so‘m jarimaga tortilgan esa-da, davlatga bir tiyin ham to‘lamagan.

Ma'lumotlar maxsus bazasidagi radar tasvirlaridan ko‘rinadiki, Rahmatullo Bo‘riev ko‘p hollarda harakat tezligini oshirgan, yo‘l chiziqlarini bosib o‘tgan, chorrahalarda qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa ham katta tezlikda mashinasini haydab o‘tgan.

Bundan tashqari, Rahmatullo Bo‘riev o‘z amalidan foydalanib YHXBga tegishli 25 547 VSF raqamli patrul avtomashinasini ham migalkalari va YPX yozuvlarini olib o‘z ehtiyoji uchun foydalanmoqda.

Eltuz suhbatlashgan YHXB xodimlari Rahmatullo Bo‘rievning ba'zida mashinani mast holda haydashini aytadilar. 

Umuman yuqori martabali ichki ishlar xodimlarining qonunni buzishi keng tarqalgan. 

O‘tgan yil iyul oyida Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Akmal Ahmedov turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu avtomobili bilan bog‘liq 100 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini bekor qilgani uchun vazifasidan bo‘shatilgandi.

Tag‘in o‘qing
3 october 2023
Hususiy universitetlarga  O‘zbekistonda qanchalik zarurat bor? Ular yangi korruptsionerlar tayyorlab beradigan maskanlar emasmi? Maqsad halqni ma'rifatli qilishmi, yoki shunchaki ...
12 november 2019
«Bizlarni Toshkentga chaqirsa, bilingki, faqat MVD podvaliga olib kelishadi. “Erk”ni batamom yo‘q qilishni kreslodagi qo‘tir eshshak ukasi Zokir qo‘tirga ...
22 march 2021
O‘zbekistonda strategik ahamiyatdagi yirik korxonalarni oligarxlarning shubhali kompaniyalariga ishonchli boshqaruvga berish amaliyotining misi chiqdi. Hukumat yaqinda ularning biri bilan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...