UzPoster
15 january 2026

Buxoro neft zavodi ishchilari bosim va adolatsizlikdan shikoyat qilmoqda

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mehnat qilayotgan oddiy ishchi-xodimlar O‘zbekiston neft-gaz sohasi rahbariyatiga murojaat bilan chiqdi. Ularning ta'kidlashicha, zavodda ishchilar muntazam ravishda bosim ostida ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Murojaatda aytilishicha, zavod rahbariyati tomonidan tez-tez o‘tkazilayotgan asossiz tekshiruvlar ishchilarning moddiy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Arzimagan maosh evaziga kun kechirayotgan ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunday tekshiruvlar ayrim hollarda maoshdan ushlab qolish yoki boshqa turdagi jazolarga sabab bo‘layapti.

Ishchilar rahbariyat va quyi bo‘g‘in xodimlari o‘rtasidagi katta maosh farqiga ham e'tibor qaratgan. Ular keltirgan raqamlarga ko‘ra, ayrim rahbarlar oyiga 20–25 million so‘m maosh olayotgan bir paytda, zavoddagi qora mehnat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar 4–5 million so‘m atrofida oylik bilan cheklanib qolmoqda.

Murojaat mualliflarining ta'kidlashicha, o‘z haq-huquqini talab qilgan ishchilar turli bosimlarga uchramoqda. Shu bois ular sohadagi mas'ul rahbarlardan ishchilar maoshini oshirish, asossiz bosim va tekshiruvlarga barham berish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab qolgan.

Tag‘in o‘qing
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
5 october 2023
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi… «4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla ...
14 august 2018
«Shifti va devorlari mog‘orlab ketgani bu hujraning qishda zax va sovuq bo‘lganligidan dalolat berib turibdi. Yaxshiyamki, poli yog‘och va ...
23 april 2023
Yaxshiyam, o‘sha qurib- qaqshagan dengizimiz bor. «Orol quridi», deya 30 yildan beri gapirishga mavzu bor. Yana bir 30 yillik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...