Dayjest
25 april 2016

11 yildan keyin militsiyaga o‘zi kelgan qotil

Ma'lum bo‘lishicha, 19 yoshida jinoyati uchun qamalib, 3 yildan so‘ng amnistiya asosida ozodlikka chiqqan yangiyo‘llik fuqaro uzoq vaqt bir joyda ishlamaydi, ichkilikka ro‘ju qo‘yadi. Bir safar mast holda duch kelgan uyning eshigini urib, isinish ilinjida bo‘ladi. Bir uydan qari kampir chiqib, uning mastligini ko‘radi va eshigini yopib olmoqchi bo‘ladi. Jinoyatchi esa uni urib, ichkariga kirmoqchi bo‘lganida kampir qo‘shnining uyiga qochishga erishadi.

Endi qo‘shninikida davom etgan janjal vaqtida jinoyatchi kampirni va qo‘shni ayolni pichoqlab o‘ldiradi. Qo‘shni ayolning 14 yashar qiziga esa tajovuz qiladi. Uning ikki norasida ukasini esa murdalarning yoniga yotqizib, ustiga ko‘rpalarning paxtasini sochadi va yoqib yuboradi.

Bu bilan tinchimagan qotil o‘smir qizni sudrab uydan chiqadi va yo‘l-yo‘lakay yana bir uyning eshigini buzib, yegulik olib chiqadi. Uyning egasi kelib qolganida esa bechora qizcha unga yordam so‘rab murojaat ham eta olmaydi.

Qotil qizcha bilan bir chiqindixonaga boradi va o‘sha yerda uxlab qoladi. Bundan foydalangan qizcha bu yerdan qochib, yegulik o‘g‘irlangan uy egasining oldiga keladi. U egasi qo‘shnisi bilan chiqindixonaga kelganda qotil uxlab yotganini ko‘radi va militsiyaga xabar beradi. Militsiya yetib kelganda esa qotil allaqachon ketib ulgurgandi.

Shundan keyin qotil 11 yil davomida darbadar yuradi. Turli joylarda ishlaydi, hatto uylanib, bir farzandlik ham bo‘ladi. 11 yildan keyin otasini ko‘rgani keladi va yillar avval bo‘lib o‘tgan voqeani aytib beradi. Otasi esa uni militsiyaga topshiradi. Sud uni umrbod qamoq jazosiga hukm qiladi.

E'tiborlisi shundaki, bu vahshiylikni sodir etgan qotilni militsiya shuncha yil davomida tutmagan, agar otasi olib kelmaganida tutmasdi ham ehtimol. Holbuki, qotillik guvohlari juda ko‘p bo‘lgan.

Qolaversa, bu vahshiylik uchun javobgarlikni militsiya boshqa bir begunohning zimmasiga yuklab, ishni yopti-yopti qilgani uchun jinoyatchi shuncha vaqt ozodlikda yurgan emasmikin, degan xavotir ham keladi ko‘ngilga.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 february 2020
Qozog‘istonning Jambul viloyatida 7 fevral kuni yuz bergan ​etnik mojaroda 10 kishi o‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ...
24 may 2018
Muhammad Bekjonning ukasi Rashid Bekjon ham deyarli Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashi sodir bo‘lgan kuni qamalgan akasi Komil ...
9 january 2026
Hayot velosiped haydashga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlab qolish uchun siz doimo harakat qilishingiz kerak.
25 may 2020
Gulnora Karimovaning qizi va o‘g‘li o‘zbek tadbirkorlarini «amneziya» (unutish kasalligi)ga chalinganlikda ayblashdi. So‘nggi ikki haftada turli yillarda Gulnora Karimova ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...