Dayjest
16 december 2025

Qo‘qonlik Iqbol tabib sudga berildi

Xalq orasida aprs sifatida tanilgan Iqbol Soliev sudga berildi. Bu haqda 16 dekabr kuni Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Uning aprslik faoliyati o‘rganilganda 2020 yil avgustida soliq organlaridan «Xalq tabobati» faoliyat turi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston xalq tabobati assottsiatsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma muddati 2024 yil dekabrida tugagani ma'lum bo‘lgan.

Unga nisbatan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan. Sud tomonidan 2025 yil 10 yanvar kuni Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi (xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismi bilan 7,5 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari fuqarolarning e'tirozlariga sabab bo‘lgani inobatga olinib, IIO xodimlari tomonidan rasmiy ogohlantirilgan.

Biroq Iqbol Soliev takroran o‘z faoliyatini davom ettirib, videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab kelgani aniqlanib, 27 noyabr kuni Qo‘qon shahar IIB tomonidan unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi 3-qismi (huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilishi) bilan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda sud organiga yuborildi.

Xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish ma'muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilishi bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda (8 million 240 ming so‘mdan 12 million 360 ming so‘mgacha) jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarovdan munosabat kutamiz.

Tag‘in o‘qing
20 january 2026
Ozarbayjonda «Qonli yanvar» deb ataluvchi ushbu voqea nafaqat Ozarbayjon, balki Sobiq Ittifoq tarixidagi eng keskin burilish nuqtalaridan biri hisoblanadi. ...
3 october 2015
Kecha bozorga borgandim digin, katta rovotni bekitib Istam isvarkachi isvarka qip tashapti, katta binolardi tepasiga «Barcha yantoq terimiga», «Yantoq ...
16 july 2025
Turkmanistonda amaldagi prezident Sardar Berdimuhamedovga sulton unvonini berish, butun hukmron oilani esa “abadiy shohlar” maqomi bilan taqdirlash taklifi yangradi. ...
29 november 2016
O‘zbekistonning chegara hududlarida aholining ko‘zi qo‘shni mamlakatlar xududiga o‘tgan magistral gaz quvurlariga tushadi. O‘zbekiston gazining aksariyati qo‘shni davlatlardan tashqari, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...