Vaqt mashinasi
11 april 2017

12 aprel – qo‘shiqchi va sobiq deputat Sherali Jo‘raev tug‘ilgan kun

Sherali Jo‘raev xalq sevgan xonanda 70 yoshga to‘ldi. U 1999 yildan buyon o‘zbek hukumati peshvolari nazarida Muhammad Solihning do‘sti bo‘lgani uchun sahnadan chetlatilgan, va uning qo‘shiqlari televideniening davlat kanallari orqali translyatsiya qilinmayotgan edi. Biroq, Karimov o‘limidan keyin unga asta sekin katta sahna eshiklari ochila boshladi.

Mustaqillikning dastlabki yillari xonanda bot-bot prezident Karimov yonida ko‘rindi, davlat tashriflari payti u Karimovga hamroh bo‘ldi. Biroq keyingi yillarda Sherali Jo‘raev yulduzi o‘chirila boshlandi.

Sherali Jo‘raevning hayoti va ijodi

Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirgan Sh.Jo‘raev 1966 yilgi Toshkent zilzilasi oqibatlarini bartaraf qilaëtgan komsomol ëshlarga bag‘ishlab qo‘shiq aytib, ilk bora televidenieda chiqish qildi.

1971 yilda o‘qishni tugatgan Sh.Jo‘raev “diniy-mistik qo‘shiqlar kuylagani” uchun bir muddat efir va sahnadan chetlatib qo‘yildi.

O‘zbek ëzuvchisi va “Sovet O‘zbekistoni san'ati” jurnali bosh muharriri Nurali Qobulning sa'y-harakati bilan 1980 yilda Sherali Jo‘raev yana sahnaga qaytdi.

“Sovet O‘zbekistoni san'ati” jurnali sahifasida surati chop qilindi.

1981 yilda yana Nurali Qobul ko‘magida “Melodiya” firmasida Sherali Jo‘raevning “Majnuntol” deb nomlangan plastinkasi chiqarildi.

1985 yili Moskvada o‘tgan XII ëshlar va talabalar xalqaro festivalida qatnashib, sovet hukumatini ulug‘lovchi “Davron bizniki” qo‘shig‘ini ijro qilgani ortidan Sherali Jo‘raev 1987 yilda O‘zbekiston SSR xalq artisti unvoniga loyiq topildi.

“Gorbachev hurriyati” deb atalgan oshkoralik davrida Sh.Jo‘raevning O‘zkomfirqa tizginida faoliyat ko‘rsatgani iddao qilinadi.

«Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan «Birlik» faoli Solih Qodirovning aytishicha, «o‘zbek tiliga davlat maqomi berish talab qilingan mitinglarga talabalar bormasligini ta'minlash uchun Sh.Jo‘raev Xalqlar do‘stligi saroyida tekin kontsertlar bergan”.

S.Qodirovning so‘zlariga ko‘ra¸ uning bu xizmati O‘zkomfirqa tarafidan “inobatga olinib”, Sh.Jo‘raev 1990 yilda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat qilib saylangan.

1991 yilda Sh.Jo‘raevga Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofoti berildi.

1992 yilda Sherali Jo‘raev O‘zbekiston prezidentiga yo‘ldosh bo‘lib Turkmaniston safariga bordi.

O‘sha yili Sh.Jo‘raev O‘zbekiston prezidenti bilan birga Saudiyaga borib, haj ibodatini ado qildi.

Haj safaridan keyin Sh.Jo‘raev noma'lum sabablarga ko‘ra yana “istalmagan odam” maqomiga tushirildi.

Sherali Jo‘raevga tele-radio efirlarga chiqish va katta sahnalarda kontsert berishga norasmiy to‘siq Karimov o‘limi va Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelganidan so‘ng olib tashlandi.

Sh.Jo‘raev 1999 yilda Urganchdagi xususiy TV ALC telekanaliga bergan suhbatida Muhammad Solih bilan do‘st bo‘lgani va uning ukasi Maqsud Bekjon uylanganida Xorazmga to‘yga borgani uchun “jazolanganini» aytgan edi.

1991 yildan beri o‘tgan davr mobaynida Sh.Jo‘raev katta sahnaga yana qaytish uchun bir necha bor urindi.

2014 yilda Sh.Jo‘raev “yuqorining rag‘batiga erishish maqsadida” Rog‘un va Qambarota GESlarining ekologik zarariga bag‘ishlangan qo‘shiq ijro qildi.

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzo so‘zi va tashabbusi bilan yozilgan mazkur qo‘shiq Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida qurilayotgan yirik gidroinshootlarning zararidan bahs qiladi.

Matnda to‘g‘on qurib, o‘z qo‘shnisiga choh qazigan qo‘shnilar malomat qilinadi. Qo‘shiq matnida “To‘g‘on qurib, daryolarga to‘g‘anoq bo‘lgan zotlar” va “Qishda qorni qizg‘anguvchi past”lar tanqid qilinadi.

Qo‘shiq “yuqorining rag‘batiga sabab bo‘lmay, aksincha Tojikistondagi kontsertlarni xavf ostiga qo‘yganidan” tashvishga tushgan Sh.Jo‘raev Tojikistondagi mustaqil “Faraj” internet gazetasiga maktub ëzib, “bu qo‘shiqni boshqacha talqin qilganlar esa xalqlar do‘stligiga rahna soluvchi kimsalar ekani” ni ta'kidlagan edi.

Eltuz.com muxbiriga ko‘ra, Sherali Jo‘raev o‘zining ilk klipini o‘tgan yili olgan.

Klip sovet davrining “maqom aravasi” bo‘lgan “Chayka” avtomobilida sayr qilaëtgan, sovet davrini qo‘msovchi hofizning “nostalgik hissiy” obrazini tarannum qiladi.

Shuningdek, Sherali Jo‘raev 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan kontsert dasturini ham taqjim etgan edi.

Botir Rajabov
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 december 2025
1970 yil 15 dekabrda Sovet Ittifoqining «Venera-7» kosmik apparati tarixda birinchi marta boshqa sayyora — Venera yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ësh go‘daklar va xotin ...
22 december 2025
Eltuz tahririyatiga Namangan viloyati Chortoq tumani markazida joylashgan ko‘prikning nosoz holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, mazkur ko‘prikning ...
3 december 2025
Qozog‘iston vatandoshi Sankt-Peterburgning “ShOK” radiostantsiyasiga bostirib kirib, Ukrainadagi Rossiyaning bosqinchilik urushini qoralab efirga chiqqan. Qozoq yigiti studiyadagi o‘rislarga portlatish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...