ART-DURBIN
17 february 2020

Bo‘lsam yorla to‘shakda, partiyam, sen yurakda!

rasm3045

Yoz keldi, tugadi qish,
Partiyamga ming olqish!
Mo‘ridan o‘rlar tutun,
Partiyam borligichun!
Tong otib yorishdi kun,
Partiyadan biz mamnun!
Jumadan so‘ng keldi shanba,
Partiyam sabab, manba!
Shanba o‘tdi, dam olish,
Partiyamga ming olqish!
Kislorod bor, hoynahoy,
Partiyam mehrga boy!
Oq ko‘krakli dildorim
Bergan ham hukmdorim.
Bo‘lsam yorla to‘shakda,
Partiyam, sen yurakda!

Stalin davriga bag‘ishlangan mazkur sarkastik misralarni o‘qib, bu o‘tmishda bo‘lgan, deya tabassum qilardik. Go‘ëki shaxsga sig‘inish davri bilan allaqachon xayr-xo‘sh qilgandik. Ammo o‘zbek prezidenti o‘lar ekan, unga atalgan ko‘z ëshli alërlar, marsiya va madhiyalarni eshitib, millat hanuz o‘sha botqoqda ekan, deya g‘amgin bo‘ldim.

rasm3047

Mamlakat kasal, kasal bo‘lganda ham jiddiy kasal.

Mahalliy aholining oh-vohli farëdlari va o‘zbek matbuotining pafosli reportajlarini ko‘rib, sovet o‘tmishi bilan parallellar qurdim. Karimovning birdan o‘lgani “jurnalist” va tashviqotchilarni qisqa muddatda falaj qildi ëki ular ichi qotib, hojatga chiqa olmaydigan holatda bo‘lishdi. Ular butun bir hafta davomida og‘izlarida qatiq ivitib, yuqoridan izn kelguniga qadar jim o‘tirishdi. Ularning og‘zidan «prezident ahvoli» haqida bir og‘iz gap chiqmadi. Ular bir satr jumla ham ëza olishmadi. Keyin maxsus xizmat deya atalgan MXXdagi kuratorlar ularga qarata: “Erkin fikrli matbuot va jurnalistlarga qarab vovullang”, deya buyruq berdi. Ular alohida ishtaha va g‘ayrat bilan egalarining buyruqlarini ado qilishdi. Eng sadoqatli, zotdor tozi itlar ham havas qiladigan vafodorlik namunasini ko‘rsatishdi.

Karimovning kutilmagan o‘limi qisqa bir vaqt davomida bekitilgani, davlat «jurnalistlari»ni mulzam qildi, ular «yuqori»ning iznisiz prezident holati haqida bir satr ham yoza olmadilar.

rasm3044

Ayni hol chet el mediasidagi istehzoli maqolalarga mavzu bo‘ldi. Dunë ko‘zi o‘ngida O‘zbekistonni hazil-mazaxga aylantirgan tashviqotchilar “Karimov tinchligi” degan plastinkani aylantirib, ëvvoyi vasvasaning nodir namunalarini namoyish qilishdi. Bu vasvasa, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda rejim parvarishidagi “blogger”lar tarafidan urchitildi.

“Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz! Vatangado dushmanlarga yo‘l yo‘q! Shoqollar! Imperializm va G‘arb davlatlariga ëllanganlar! Xalq dushmanlari! Ular bizning farovonligimizni ko‘ra olmaydi! Jamiyat chiyabo‘rilari!»

Stalin davrida qolib ketgan, naftalin iforli bu taxlit chaqiriqlarni bugungi kunda eshitish kulgili va alamli!

Asosan qashshoq haët kechiradigan O‘zbekiston aholisining aksari, bu ma'raka rejissyori g‘oyasiga ko‘ra, patriotik ekstaz hamda vasvasada yakdil bo‘lmog‘i lozim. Aynan shu holatda ular hokimiyatning navbatdagi harakatini liq etib yuta oladi.

Ular allaqachon Senat raisi o‘rniga Bosh vazir vaqtincha prezident qilingani bilan bog‘liq konstitutsiyaning qo‘pol buzilishini ëg‘day yutishdi.

Ikkinchi prezident saylovi 4 dekabrga belgilandi. Oldimizdagi 3 oyda aholining patriotik vasvasa kayfiyatini yanada xuruj oldirish uchun tayërgarlik kuchaytirildi. 2016 yilning sentyabri o‘zbeklar ommasi (to‘dasi) yangi mustabid tiranni ulug‘lash uchun ovozini sozlamoqda.

Bizning o‘lkamiz o‘tgan asrning 30-yillaridagi shaxsga sig‘inishning sassiq botqog‘idan chiqmagan holda “barqaror” turibdi.

Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif taxallusi, 
Fotografiyalar: Rossiya kinofotohujjatlar davlat arxividan, 1936
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 april 2015
Ular o‘qituvchilar, mediklar, madaniyat arboblari, artistlar. Menimcha O‘zbekistonda paxtakorlikdan fermerlarning ham hech bir manfaati yo‘q.  Bu qaramlikni his qilish ...
22 december 2025
Eltuz tahririyatiga Namangan viloyati Chortoq tumani markazida joylashgan ko‘prikning nosoz holati yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, mazkur ko‘prikning ...
16 october 2019
Qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning ikki kun oldin olib qo‘yilgan ijodiy faoliyat uchun litsenziyasini «O‘zbekkontsert» 16 oktyabr kuni qaytarib berdi, lekin ...
20 may 2024
26-may – Tilak Jo‘rani xotirlash kuniga atab… Tillaniso Maktabda o‘qib yurganimda tanlovga qatnashdim. «Zulfiya» ning tuman yo viloyat bosqichi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...