Catira
15 april 2017

Bepushtlarga dam solish meditsinaga alternativami?

Yunusobod imomining professional ginekologiya bilan erkaklarning shug‘ullanishini tanqid qilgani barobarida O‘zbekistondagi yuzlab “tabib va azayimxonlar” aël hastaliklarini dam solib ëki boshqa “uslubda” o‘zlaricha davolashni taklif qilishmoqda.

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroevga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida 800 nafardan ziyod firibgar folbin va soxta tabib bor.

Tug‘mas ayollarga «dam soluvchi» mutaxassislar

O‘tgan yili Shahrisabzda folbinlik hamda norasmiy tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Sanaev Miraziz Ahad o‘g‘li va uning sheriklarini firibgarlikda ayblanib javobgarlikka tortilgan edi.

Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, Toshkentning Dendropark dahasidagi “mozorchi folbin” ginekologiya va aëllar bepushtligi bilan bog‘liq kasalliklarni ham “davolashi” bilan nom chiqargan.

Aksariyati erkak bo‘lgan bu “mutahassislar” o‘z huzuriga kelgan aëllarga jinsiy tajovuz qilgani haqida ham gap so‘zlar bor.

Toshkentdagi Oltinxon to‘ra masjidining sobiq qorovuli iddaosiga ko‘ra, ayni masjid imomi Alimardon Ernazarov o‘z huzuriga najot istab kelgan bepusht aëllarga “dam solish” bahonasida tegajog‘liq qilgan.

Shu yilning boshida, masjiddagi seks janjali ortidan Oltinxonto‘ra masjidi imom xatibi Alimardon Ernazarov ishdan bo‘shatilgani haqida Eltuz ëzgan edi.

Folbinlik, dam solish kabi «diniy xizmat» evaziga kun ko‘rish, professional tibbiët tanazzuli fonida gurkirab rivojlanmoqda deydi Eltuz muxbiri bilan suhbatlashgan farg‘onalik vrach.

Unga ko‘ra, ba'zan kasbiy malakasi yetarli bo‘lmagan doktorlarning o‘zlari bemorlarni azayimxonlarga yo‘llashmoqda.

Qo‘shnilarda ham ahvol shu

O‘zbekistonga qo‘shni mintaqa davlatlarida ham keyingi yillarda ayni tendentsiyani kuzatish mumkin.

Masalan, Tojikistonlik zinokor mullaning 26 yashar tug‘mas ayolga «dam solish» osnosida uni quchoqlab, o‘pib, seksual harakatlar qilganiga oid video ijtimoiy tarmoqni junbushga keltirgandi.

O‘tgan yilning yozida esa, Qirg‘izistonning, So‘zak tumanida ikki marta xajni ado qilgan, 58 yashar masjid imomining bir yil davomida 10 yashar bolani muttasil jinsiy zo‘rlab kelgani va bu yuzadan jinoiy ish ochilgani haqidagi xabarlar ovoza bo‘ldi.

Chimkentda esa Sayram masjidi imomi 12 yashar qizchani zo‘rlagani bilan bog‘liq hodisa, Qozog‘iston Diniy boshqarmasi raxbariyatini imomning harakati uchun xalqdan kechirim so‘rashga majbur etgan edi.

O‘zbek matbuoti uchun ëpiq mavzu

Qo‘shni davlatlardan farqli O‘zbekistonda masjid ichidagi seks ëki “dam solish” formatidagi moshenniklar haqida matbuotda gapirilmaydi.

Eltuz uchun rasmlar chizayotgan rassom Tuz o‘zbek matbuotidagi shu kemtikni to‘ldirib, dam solish bahonasida aëllarga tegajog‘lik qilaëtgan azayimxonni tasvirlaydi.

«Erkakning begona ayolga dam solishi «sharmandalik» emasmi?» deya yuzlanadi rassom.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 july 2018
Rassom Azizbek Eltuz.com
12 november 2019
Parlament saylovi oldidan “demokratiya o‘yini” o‘ynashga kirishib ketgan partiyalar rahbarlari bilib-bilmay jamiyatning katta qatlami noroziligiga sabab bo‘ladigan bayonotlar berishda ...
29 august 2018
Urganch tuman sudining o‘zbek jurnalistlari Bobojonovlarga tegishli uylarni «davlat egaligiga o‘tkazish» to‘g‘risidagi ijro ijro varaqasi, sud qaroriga shikoyat qilishning ...
15 may 2017
Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...