Asosiy mavzular
13 june 2017

Aziza Niyozmetova: «Ozodbek o‘z hurmatini talab qilayapti»

Davlat idoralari korporativ bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanilishi haqidagi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov shikoyati turli baxslarga sabab bo‘ldi.

2 iyun kuni «O‘zbekkontsert» idorasi yig‘ilishida bu haqda gapirgan Nazarbekov Madaniyat vazirligida maxsus tijorat bo‘limi ochish va artistlarning korporativlardagi xizmat haqini shu bo‘lim orqali to‘lashni taklif qilgan.

Eltuz nashriga bu yuzadan intervyu bergan xonanda Aziza Niyozmetova Nazarbekovning bu fikrini qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

«U tadbirlardan qochishni emas, o‘z hurmatini talab qilayapti», deydi Niyozmetova.

Iskandar Obloqulov: «Uning adolat talab qilishga ma'naviy haqqi yo‘q»

Ozodbek Nazarbekovning chiqishini zalda o‘tirgan uning hamkasblari qarsaklar bilan olqishlashdi, internetda esa artistlar hukumat vakillariga tekin xizmat qilib berishi kerakmi degan munozara ko‘tarildi.

Internetda shuningdek, taniqli artist iddaosiga qarshi, uslubiga ko‘ra buyurtmani eslatuvchi maqolalar va izohlar paydo bo‘ldi.

«Ikkita qo‘shiq aytib qo‘yib, ming dollar oladigan va hukumatga soliq tarzida bir tiyin to‘lamaydigan, kimsan Nazarbekov, ba'zan tekin qo‘shiq aytishidan shikoyat qilayaptilar», deya yozdi o‘zbekistonlik huquqshunos Iskandar Obloqulov.

Maqolada u «oylab kontsert berish bilan tanilgan» Ozodbek Nazarbekovning soliq to‘lamasligini (O‘zP JKning 184 moddasiga ko‘ra) jinoyat ekanini bildiradi.

Uning fikricha, «deyarli barcha mahalliy shou biznesi vakillari kabi, uning ham adolat talab qilishga ma'naviy haqqi yo‘q».

Aziza Niyozmetova: «Biz faoliyatimiz uchun hukumatga soliq to‘laymiz!»

Niyozmetova, to‘ylarga chiqish uchun 15 million so‘m (1830 dollar) to‘lab «O‘zbekkontsert» litsenziyasini olganini aytadi.

«Buning ichida hali soliq yo‘q. Lekin men kontsertimni o‘tkazganimdan so‘ng, 4-5 oydan beri o‘z biznesim bilan ovoraman» deydi u.

U o‘z firmasi borligi, uning soliqlari, yer solig‘i, uy soliqlaridan tashqari, daromad solig‘ini to‘lashi kerakligini aytadi.

«Mana hozir yana bir soliq uchun qog‘oz kelgan. Bunga ko‘ra litsenziya faoliyati uchun, shartli belgilangan summani – 800 ming so‘mni to‘lashim kerak», deydi honanda.

Soliq to‘lamaslik evaziga korporativlarda qo‘shiq aytish kerakmi?

Artistlarning «to‘y puli»ga qonunchilik asosida soliq solish, uning miqdorini belgilash – bu soliq idorasi kompetentsiyasiga oid masala.

Tekinga qo‘shiq aytishdan norozi Ozodbek Nazarbekovni tanqid qiluvchilarning pozitsiyasi esa juda ajablanarli.

Bundan, «agar soliq to‘lamasang, davlat xodimlari bazmida tekin xizmat qilib berishing shart», degan ma'no kelib chiqadi.

Biroq, bu xizmat qanaqasiga to‘lanmagan soliq o‘rnini qoplashi mumkin, degan savol ochiq qoladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 july 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
22 april 2016
«Avakyan ishi» nomi bilan shov-shuv bo‘layotgan jinoyat ishi to‘g‘risidagi «fosh etuvchi» tafsilotlar O‘zbekiston TVsi ekranidan o‘zbek internet resurslariga ko‘chdi. ...
7 november 2016
Vazirlar maxkamasining 7 oktyabr qaroriga asosan Toshkentda ko‘plab uy egalari va ijarada turuvchilar tekshirilayotgani bildirilmoqda. O‘zbekistonning rasmiy O‘zA agentligi ...
6 june 2016
Yildan yilga mamlakatda aholi sonining oshishi, pul topish qiyinlashgani va o‘qish sifatining pasaygani bois Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...