Asosiy mavzular
31 january 2018

Muhammad Solih: Inoyatov Karimov o‘limidan keyin Mudofaa Vazirligi qurol-yaroq inventarining 5 foizini o‘z guruhiga tarqatgan (video)

“Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin bo‘lgani»ni aytdi.

“Inoyatov Karimov o‘limidan keyin Mudofaa Vazirligi qurol-yaroq inventarining 5 foizini o‘z guruhiga tarqatgan, degan ma'lumot bor bizda. Ya'ni Mudofaa Vazirligi qurol zaxirasining 5 foizi Inoyatov tarafdorlari qo‘lida bo‘lgan. Ularda Inoyatov tarafini olib qurolli qarshilik qilish rejasi bo‘lgan. Shu bois, Mirziëevga Inoyatovni ketkazish uchun bir yil kerak bo‘ldi”, deydi suhbatdosh.

Ba'zi mulozimlarga ko‘ra, Rustam Inoyatov 1995 yilda Toshkent klani xoch otasi bo‘lgan Temur Alimov (hozirda marhum) ko‘magida MXX raisligiga keltirilgan. Ya'ni u Toshkent klaniga bog‘liq bo‘lgan. “Eltuz” bilan suhbatda Muhammad Solih 31 yanvar kuni ishdan olingan Rustam Inoyatov “Moskvaga bog‘langan odam edi”, deya ta'kidladi.

“Bu uning KGBning Moskvada bo‘lib o‘tgan yuz yillik tantanalarida bezbetlarcha qatnashganida yaqqol aën bo‘lgan edi”, deydi Muhammad Solih.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, MXXning sobiq rahbari Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan.

Video: https://youtu.be/V6aDe-scJpQ
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 december 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
9 january 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham ...
2 october 2023
Sentyabr oxirida O‘zbekistondagi xususiy maktablarda «arab tili o‘rgatish» bahonasida ekstremizm va demokratik qadriyatlarga chuqur nafrat o‘quvchilar ongiga singdirilaëtgani faktlari ...
3 october 2025
Istanbulda o‘zbekistonlik qizni bo‘g‘izlab o‘ldirib qochib ketgan o‘zbek Navoiy viloyatida qo‘lga olindi Biror ishning boshini tutmagan o‘zbekistonlik qashshoq  Akmaljon Rustamovich ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...