Asosiy mavzular
20 june 2018

Bahodir Fayz: Men bilgan Zokir

O‘zbek rasmiylari 16 iyun kuni xibsga olingan AQSh vatandoshi Zokir Aliev Afg‘onistonda harbiy tayërgarlikdan o‘tib, hukumat va xalqaro koalitsiya qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashganini aytmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘z feysbuk sahifasida bildirdi.

«Eltuz» nashri Zokir Aliev bilan Turkiyada birga o‘qigan va birgalikda AQShdan siyosiy boshpana olgan Bahodir Fayzga murojaat qilib, bu shahs haqida ma'lumot so‘radi.

«Aliev Turkiyadalik payti muxolifat vakillari, jumladan O‘zbekiston Islomiy harakati vakillari bilan uchrashgan bo‘lishi mumkin. Biroq men uni siyosiy harakat bilan shug‘ullangan deb ayta olmayman», dedi bugungi kunda Amerikada yashayotgan, «O‘zbek siyosiy muxolifati» haqida kitob yozgan Baxodir Fayz.

«Eltuz» nashri Zokir Aliev faoliyatini o‘rganish asnosida «Turonzamin» saytida chop etilgan maqoladan iqtibosni topdi. Bunda uning «Erk» Demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih, uning izdoshlari va jumladan Bahodir Fayz ustidan ham AQSh Federal tekshiruv idorasiga chaquv yozgani bildiriladi.

«Men siyosat deganda, sof ma'noda diktaturaga qarshi kurashni nazarda tutdim. Bu yerda men Zokirni ko‘rmadim. Xavfsizlik idoralariga borib, yoki Jahongir Mamatovning sahifasida muxolifatga, yoki erkin fikrlovchi shaxslarga qarshi tuhmat maqola yozish, bu siyosat bilan shug‘ullanish degani emas. Qo‘pol qilib aytganda bu chaqimchilik deyiladi», dedi Bahodir Fayz Alievdan iqtibos keltirilgan maqola haqida.

«Eltuz» nashri terrorizmda ayblanib O‘zbekistonda hibsda qolaëtgan chiroqchilik Zokir Aliev bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 september 2020
Garchi O‘zbekiston islomiy harakatining (O‘IH) o‘zi endi xalqaro jihodning murakkab maydonida muhim ishtirokchi bo‘la olmasa-da, uning butunlay yo‘q bo‘lib ...
7 august 2025
Tashabbusli byudjet loyihasining ikkinchi mavsumi boshlandi. Vobkent tumanida har yili 10-11 loyiha g‘olib bo‘lyapti. G‘olib loyihalarning aksariyati maktab va ...
29 may 2023
Ruslan Davletov Adliya vaziri ekan qo‘li ostidagi xodimning pora olganini bilaturib, uning ishishini prokuraturaga oshirmagani haqidagi post Eltuzda nashr ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...