Asosiy mavzular
22 march 2019

RT dan va'z: «Boy ila xizmatchi» talqini

«Boy ila xizmatchi» – Hamzaga nisbat beriladigan drama. Originali saqlanmagan. Komil Yashin uni mafkuraga moslab qayta ëzgan. Suflyor varianti saqlangan. O‘sha variantga asoslanilsa, bu asar tragikomediya janrida ëzilgan.

Boy Jamila degan qizni o‘ziga o‘ynash qilib oladi. Uylana olmaydi, chunki nikohida 4 ta xotin bor. U o‘z o‘ynashini G‘ofir ismli so‘tak bir xizmatchiga erga berib qo‘yadi.

Xizmatchining bo‘yniga 1700 chor Rossiyasi rubli (170 dona o‘n grammlik oltin tanga) qarz ilib qo‘yadi.

Xizmatchi kuni bo‘yi dalada ishlaydi. «Xotin» esa boy bilan ishrat qiladi. Xizmatchi o‘zini uylantirgan boydan qarzdor ekanligini bilgani uchun ham «xotini» Jamilaning boy bilan aysh qilishiga ko‘z yumadi. Boshqa hizmatkorlar bilan suhbatda u boyni maqtab gapirib yuradi.

Bu tomoshani ko‘rganlar G‘ofirning so‘takligi Jamilaning jalabligi va Solihboyning aferist va seksterrorist ekanligidan zavq bilan kulishgan. Bu endi teatr. Haëtda ham shunday narsani guvohi bo‘ldim. Bir katta viloyat idorasining rahbari o‘ziga o‘ynash bo‘lgan kotibasini o‘z idorasida ishlaydigan ishchiga olib beradi.

To‘yini qilib beradi. Shundan keyin ishchi faqat tungi smenada ishlaydigan bo‘ldi. Aytishlaricha, bu ishchi xotinining o‘ynash ekanidan rozi. Hatto maqtanib ham qo‘yarkan «xo‘jayin bizning oilaga juda yaqin», deb. Siniqlik va umurtqasizlik millatning asosiy sifatiga aylanmadimi? O‘zining xotinini zo‘rlagan kimsani maqtash uchun kim bo‘lish kerak? Albatta, lapashang bo‘lish kerak.

Mana, siz tsirkda tomosha ko‘ryapsiz. Fokuschi o‘z shlyapasidan tovuq, quën va bir gala kaptarlarni chiqarmoqchi.

Har xolda afishada shunday va'da qilingan. Ammo fokuschi harchand urinmasin, shlyapadan hech vaqo chiqmadi. «Fokus chiqmadi» deyishadi bu holatni. Tomoshabinlar hushtagi ostida fokuschi arenani sharmandalarcha tark etadi. Tsirk direktori uni ishdan haydab yuborsa ham ajab emas. Muddao:

Mana, 2 yildan oshdiki, O‘zbekiston atalgan tsirk arenasida Mirziëev degan fokuschi tsirk ko‘rsatmoqchi bo‘lib tirishib ëtibdi.

Ammo u kishining birorta fokusi amalga oshmadi. Tovuqlari o‘ldi, limonlari quridi, echkilarni so‘yib, qo‘y go‘shti deb sotvorishdi. Qalampirlarni axlatga tashlavorishdi. Propiskayam qimirlamay turibdi. Gaz yo‘q, svet yo‘q. Za'faron va na'matak tutmadi. Fokus chiqmadi deb hushtak chalganlarni tsirk ma'muriyati ushlab, yo‘lbarslar turadigan qafasga qamab tashlayapti. Qolganlar qo‘rqib «qanaqa zo‘r fokus mokus», deya ëlg‘ondan chapak chalishmoqda.

Xulosa:

Mana, qo‘shni Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboev abadiy prezident bo‘lib kursiga ëpishib qolish tendentsiyasiga nuqta qo‘ydi. O‘zi ishdan ketdi. Bu yaxshi o‘rnak.

Biz O‘zbekiston prezidentiga ëlg‘ondan chapak chalishni to‘xtatmasak, holimizga tsirkdagi maymunlar yig‘laydi. Ikki yildan keyin prezident saylovi bo‘ladi O‘zbekistonda.

Boshqasini saylash haqida hozirdan o‘ylaylik. Boy bo‘laylik, xizmatkor emas.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 february 2021
O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani “O‘zbek malikasi” deb atashardi. U estrada xonandasi, moda va zargarlik buyumlari bo‘yicha ...
27 july 2018
2003 yilning iyuli. Zona boshliqlariga dunyoning hamma joyidan Muhammad Bekjon nomiga xatlar kelayotgani yoqmaydi. Ular vaziyatga qarab ish ko‘rishga ...
21 february 2019
Qachonlardir, Hamza teatrini vayron qilishganida, meni ortiq hech narsa bunchalik yaralamaydi, deb o‘ylagandim. Keyin xiyobon voqeasi yuz berdi, o‘shanda ...
31 january 2026
Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi «Haj» va «Umra»ga borish uchun endi yagona portal orqali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...