Asosiy mavzular
8 april 2020

O‘zbekistonga kirishi rasman taqiqlangan o‘zbek olimi Britaniyada olamdan o‘tdi

17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilaëtgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 aprel kuni 72 ëshida Stokport shahrida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan Ahmad hoji Xorazmiyning o‘z vataniga qisqa muddatga kirishiga o‘zbek mulozimlari tarafidan tushunarsiz taqiq qo‘yilgan.

Ahmad hoji Xorazmiy 2018 yilda Shavkat Mirziëev nomiga maktub ëzib, uni qo‘llab-quvvatlashini izhor qilgan holda O‘zbekistonga safar qilib, yaqinlari bilan ko‘rishib qaytishga imkon berilishini so‘ragan edi.

Tuproqshunos olim o‘z maktubiga Mirziëevni maqtab gapirgan radiosuhbat matnini ham ilova qilgan.

Ahmad hoji Xorazmiyning bosh vazir virtual qabulxonasidan olgan javob xatida “Sizga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-qarorining 19-moddasi asosida, ya'ni “milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini muhofaza qilishni ta'minlash manfaatlari yo‘lida” O‘zbekiston Republikasiga kelishingiz rad qilinadi», deb ëzilgan.

Bundan oldin ayni mazmundagi rad javobi ëzilgan maktub olimning Xorazm viloyatida istiqomat qiladigan o‘g‘li Oybekka viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sa'dullaev imzosi bilan kelgan edi.

Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xodimining «Eltuz»ga aytishicha, O‘zbekiston vatandoshi Ahmad hoji Xorazmiy MXXdan berilgan ro‘yxatga asosan O‘zbekistonga kiritilmasligi haqida yaqinlariga maktub yuborilgan.

2005 yilda Toshkent shahri hokimligi binosi oldida ishdan bo‘shatilganidan norozi bo‘lib piketlar o‘tkazgani ortidan tazyiqqa uchragan Xorazmiy o‘sha yili Britaniyadan siësiy boshpana olgan edi.

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining sobiq a'zosi, professor Ahmad hoji Xorazmiy Xorazm viloyati hokimligi agrosanaot majmuasida va boshqa hukumat tizimlarida ishlagan.

Ahmad hoji Xorazmiy o‘z vaqtida taniqli hofiz Komiljon Otaniëzovdan tor chalish sirlarini o‘rgangan havaskor hofiz ham edi.

«Eltuz» tahririyati Ahmad hoji Xorazmiyning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
11 april 2021
Namangan viloyatining Kosonsoy tumani «Cuvoqova» korxonasi direktori Muhammadali Kamolov doxil jami to‘rt kishi tashkilot chilangari Abdullo Eshonxo‘jaevni 7 aprel ...
13 may 2024
Rassom Tuzga yuborilgan bu iddaoli maktubni qanday bo‘lsa shundayligicha nashr qilishga qaror qildim. Maktub anonim emas. Uni kimdan kelgani ...
30 january 2023
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz internet-nashri direktori Xurshid Daliev va anonim telegramdagi «Kompromatuzb» kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...