Asosiy mavzular
28 september 2020

Mingchinorlik qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlar qamoqqa olindi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi.

Bu haqda “Eltuz” muxbiriga tergovga yaqin manba ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, tumanning Mingchinor MFYda yashovchi 20 yoshli qiz to‘ydan uyiga qaytaëtganda 7 nafar yigit tomonidan bog‘da zo‘rlangan.

Tergovga yaqin mulozimning “Eltuz”ga bildirishicha, qiz 15 sentyabr kuni to‘ydan uyiga qaytayotgan bo‘lgan. Uni yigitlar sudrab, qo‘lidan majburlab tortib boqqa olib kelgan.

Zo‘rlaganlar soni 7 nafardan ko‘p ekani haqida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan gaplar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Bog‘dagi zo‘rlash

Voqea 15 sentyabr kuni 23:00 larda sodir bo‘lgan. Tergov hujjatlarini ko‘rgan manbaning “Eltuz”ga aytishicha, o‘sha kuni Mingchinor MFYda yashaydigan 20 yashar qiz to‘yga borgan. To‘y hovlida karantin sharoitida bo‘lib o‘tgani bois oz odam qatnashgan. 

Bog‘ to‘y bo‘lib o‘tgan hovlidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. To‘y tugagach, qiz uyiga yo‘l olgan. Yo‘lda qizga bir guruh yigitlar tashlanib, boqqa sudrab borishgan. U yerda qizni birin-ketin zo‘rlashgan. (Ayblanuvchi yigitlarning yoshi  23 va 18 yoshda bo‘lgan).

Qiz qarshilik ko‘rsatmasligi uchun qo‘l va oyoqlari yigitlar tomonidan almashinib ushlab turilgan. Ushbu jarayon bir yarim soatcha davom etib, qiz boqqa tashlab ketilgan.

“Eltuz” muxbiri qiz guruh bo‘lib zo‘rlangan MFY faollari va huquq-tartibot organi xodimlari bilan ham gaplashdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qizni zo‘rlashda gumonlangan 7 yigit shu kunda qamoqda qolmoqda.

“Eltuz”qizning o‘zi va yaqinlari bilan bog‘lana olmadi. Ayblanuvchilar va ularning yaqinlari bilan ham bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

Xuddi shunga o‘xshash jinoyat 2019 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ham sodir bo‘lgan edi. Shuningdek, 2018 yilda Marg‘ilon va Qo‘qon mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham zo‘rlangani haqida o‘zbek elektron nashrlari xabar tarqatgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 december 2016
O‘tgan hafta «Samarkand i samarkandtsы» guruhi sahifasiga qo‘yilgan foto va videotasvirlarda jar yoqasidagi bexisob skeletlar yotgan eshak qabristonini ko‘rish ...
23 november 2025
Anavi Bezrukov degan arts go‘ristondi dirktri o‘richcha bilmadi degani ëmonam tegib ketibdi. Tez xapa bo‘ladigan o‘smir qizlar bo‘ladi. Darrov ...
3 february 2024
Paxta sanoatida tizimli isloxot qilinmasa mamlakat yana paxtaga majburlash tizimi degan botqoqqa cho‘kadi. Bu messedjni 2024 yil 1 fevral ...
25 october 2021
22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...