Asosiy mavzular
28 april 2021

Soliqchilar taniqli deputatni sudga berdi

Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga berdi. 

Qo‘mitaning shu haqdagi rasmiy bayonotida bildirilishicha, bunga deputatning «HUMAN UZ» axborot portalidagi “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan «haqoratomuz so‘zlari» sabab bo‘lgan.

Ushbu ko‘rsatuvda Rasul Kusherboev aytgan bir necha so‘zlar, xususan, «…soliq organlari… tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan printsipda ishlayapti…”, degan jumlalari haqorat sifatida talqin qilinmoqda. 

«U ushbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlarining ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan», deyiladi DSQ bayonotida. 

Qo‘mita deputat shu gap-so‘zlariga «OAV orqali raddiya berishi va kechirim so‘rashi lozimligi»ni ta'kidlab, bu xatti-harakatlari bilan u soliq organlariga 4,6 mlrd. so‘m miqdorida ma'naviy zarar yetkazganini iddao qiladi. 

Qo‘mita ma'naviy zarar undirilgach, mablag‘ “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga o‘tkazilishini ma'lum qilgan. 

Tag‘in o‘qing
30 november 2021
Eurasianet nashri prezident Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi O‘zbekistonning Rossiya yetovidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi kerakmi yoki yo‘qligi haqidagi qizg‘in bahs-munozaralarga ...
10 july 2019
O‘quv yili tugashi bilan ijtimoiy tarmoqda kollej va litsey bitiruvchilarining o‘z diplomlarini namoyishkorona «oyoqosti» qilishayotgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. ...
1 october 2018
Muhammad Bekjon o‘z kitobining navbatdagi qismida Koson zonasidagi 159-larning alohida jazolanishi, «g‘oz yurish» va uni 15 sutka izolyatorga hukm ...
22 december 2025
«Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi yo‘li — uni yaratishdir»
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...